Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usul


Download 1.79 Mb.
bet2/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullariga kuzatish, taqqoslash, tari xiy, eksperimental usullari kiradi.
Kuzatish usuli. eng dastlabki usullardan bo‘lib, biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo‘llanilgan. uning yordamida har qanday bio logik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Kuzatish usuli bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu usuldan tirik organizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ta’riflashda foydalaniladi.
Taqqoslash usulitirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, organizmlar, biogeotsenozlarning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va farqini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usulda olingan ma’lumotlar bilan hujayra nazariyasi, biogenetik va irsiy o‘zgaruv chanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilgan.
Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi Ch.Darvinning nomi bilan bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Tarixiy usul hayotiy hodisalarni o‘rganishning asosiga aylanganEksperimentalyoki tajriba usuli biologiyada o‘rta asrlarda (Abu Ali ibn Sino) boshlangan bo‘lsa, fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli keng qo‘llanila boshlandi. Bu usul bilan organizmlarda gi voqea-hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‘rganiladi. Bugungi kunda yuqorida berilgan usullar biologiyaning tegishli sohalarida foydalanib kelinmoqda va ular bir-birini to‘ldiradi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish.
Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov.

Fan: Biologiya 9A,B- Sinf Sana DARS № 2


Darsning mavzusi:1-§. Tirik organizmlarning o'ziga xos xususiyatlari
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Tirik organizmlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berishi . B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar tirik organizmlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida bilishi

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling