Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Prokariotlar deb qanday organizmlar aytiladi?
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Sinf. Sana :_______________ DARS № 6 Darsning mavzusi: 5§. Eukariotlar – o‘simliklarning xilmaxilligi Darsning maqsadlari
- Kompetensiyaviy maqsad
- Reja asosida dars bosqichlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Prokariotlar deb qanday organizmlar aytiladi?
2. Bakteriyalar qanday tuzilishga ega? 3. Bakteriyalarning qanday foydali va zararli tomonlarini bilasiz? Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov. Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 6 Darsning mavzusi: 5§. Eukariotlar – o‘simliklarning xilmaxilligi Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga eukariotlar – o‘simliklarning xilmaxilligi haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar eukariotlar – o‘simliklarning xilmaxilligi haqida bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, DARSNING BORISHI:;
Hozirgi vaqtda o‘simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o‘simliklar guruhlariga bo‘lib o‘rganiladi. 1. Тuban o‘simliklarorganik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan.evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha ba’zi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Тuban o‘simliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va ko‘p hu jayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to‘qima va organlarga ajralmagani uchun ularning tanasi qattanayokitallom deb ataladi. Bir hujayrali o‘simliklarda tirik organizm uchun xos bo‘lgan barcha tiriklik xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. koloniyali holda yashovchi o‘simliklar bir va ko‘p hujayralilar orasida turuvchi organizmlar hisoblanadi. Bunday organizmlar ayrim hujayralar to‘dasidan iborat bo‘lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda hayotiy tomondan bir-birlari bilan bog‘langanligi kuzatiladi. ko‘p hujayrali tuban o‘simliklarda esa hujayralar o‘rtasidagi hayotiy vazifalar o‘zaro taqsimlangan bo‘ladi. 2. Yuksak o‘simliklar evolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. ko‘pchilik yuksak o‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek, to‘qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. ular poyabargli o‘simliklar deb ataladi. ko‘p hujayrali o‘simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xildagi hujayralardan tashkil topgan. hujayralari bir-biridan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi. hujayralarning takomillashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda barcha hayotiy jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payish va boshqalar sodir bo‘ladi. O‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. O‘simliklar qoplami biosferada hayotni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. uyerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati, iqlimiga ta’sir etadi, tuproqning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tuproqni yemirilishdan saqlaydi. hayvonot dunyosining yashashini belgilab beradi. o‘simlik biologik doirada moddalarning aylanishida, ya’ni atmosfera — tuproq — tirik organizm tizimida faol ishtirok etadi. O‘simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega. O‘simliklar dunyosi turli xomashyolar (oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor, qurilish materiallari va hokazolar) manbaidir. Inson qadimdan yovvoyi o‘simliklardan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanib kelgan. Natijada tabiiy o‘simliklar qoplami doimo buzilgan, foydali o‘simliklarning zaxiralari esa kamayib brogan hozirgi davrdagi eng katta muammolardan biri tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanishdir. ushbu muammo ayrim davlatlar hududida emas, balki barcha mamlakatlar tomonidan hal etilishi zarur. Mustaqil o‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish, jumladan, o‘simliklar dunyosining xilma-xilligini saqlash davlat tomonidan himoyalangan va bir qator qonunlar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling