Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Viruslar qanday tuzilishga ega?
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Sinf. Sana :_______________ DARS № 5 Darsning mavzusi: 4§. Prokariot hujayralar Darsning maqsadlari
- Kompetensiyaviy maqsad
- Reja asosida dars bosqichlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Viruslar qanday tuzilishga ega?
2. Virus hujayraga qanday yo‘llar bilan o‘tadi? 3. Viruslar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish. Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov. Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 5 Darsning mavzusi: 4§. Prokariot hujayralar Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Prokariot hujayralar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar prokariot hujayralar haqida bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter DARSNING BORISHI:;
Organik olam ikkita katta dunyoga, ya’ni prokariotlar va eukariotlarga bo‘linadi. Prokariotlar— yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK— dezoksiribonuklein kislota halqasimon shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. hujayra markazi va mitotik ip bo‘lmaydi. hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi. hujayrada plastida va mitoxondriya kabi asosiy organoidlar uchramaydi. hujayra qobig‘i murein yoki pektin moddasidan tashkil topgan. odatda xivchinli prokariotlarning ba’zi vakillaridagi xivchin od diy tuzilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega.Oziqlanishi oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib olinishi bilan kechadi, ular geterotrof oziqlanadi. hujayra po‘sti murein moddasidan iborat. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan uch guruhga ajratilgan: 1. Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralganvib rionlar, spirillalar (4- rasm). Bakteriyalar noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, bakteriyalar spora holatida bir necha yilgacha o‘z hayotchanligini saqlab qoladi. ular asosan shamol va suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida va turar joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodli muhitda yashovchi aerob va kislorodsiz muhitda yashovchi anaerob hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari ham mavjud. Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida o‘pka sili kasalligi ni qo‘zg‘atuvchi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davolash usullari va tegishli dori-darmonlar yaratilgan. Vatanimizda sil kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida maxsus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Sil kasalligi sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqaladigan xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi kabi kasalliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. ularni ma’lum turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. o‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sichqon va kalamushlarda yashaydigan burgalar orqali tarqaladi. Hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xavfi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi. Dezinfeksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sanitar epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri oldindan emlash hisoblanadi. emlash orqali ichburug‘, bo‘g‘ma, qoqshol kabi xavfli kasalliklarning oldi olinadi. Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Foydali jihatlari — organik moddalarning parchalanishi, chirishi va achishini amalga oshiradi. Bakteriyalarning zararli tomonlari — odamlarda, o‘simlik va hayvonlarda turli xil xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi va tarqatadi (parazit bakteriyalar), ozuqa mahsulotlarini esa buzilishiga sababchi bo‘ladi (saprofit bakteriyalar).Ko‘kyashil suvo‘tlar.Bu bo‘limga kiruvchi suvo‘tlar o‘simliklar dunyo sining eng qadimgi vakillari bo‘lib, o‘zining juda sodda tuzilishi bilan boshqa suvo‘tlardan farq qiladi. ko‘k-yashil suvo‘tlar bir hujayrali va koloniya hosil qiluvchi organizmlar bo‘lib, ko‘p hujayrali vakillari to‘g‘ri yoki bukilgan, hatto spiralsimon shakllari mavjuddir. Ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limining bir hujayrali vakillariga xrokokk (Chroccoccus), ipsimon holdagi vakillariga ossillatoriyani (ossillatoria), koloniyali holdagi vakillariga esa nostok (Nostoc)ni misol qilish mumkin. Markaziy osiyo cho‘llarida ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yaponiya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling