Elektron mikroskop. Hozirgi davrda ko'rish qobiliyati eng yuqori hisoblangan asboblardan biri elektron mikroskopdir. Ular tasvirni 200 000 martagacha kattalashtirib beradi. Bunda o'rganilayotgan obyektning tasviri yorug'lik nuriarida emas, balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi.
Elektron mikroskop yordamida hujayraning o'ta nozik tuzilmalarini aniq-lash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik to'r, mikronaychalar kashf etilgan. Keyingi yillarda elektron mikroskopning ta-komillashtirilishi natijasida uch o'lchamli tasvirlar, ya'ni strukturalarning fazoviy tasviriarini olishga muvaffaq bo'lindi.
Hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash uchun si-tokimyoviy (sitos-hujayra) usullaridan keng foydalaniladi. Buning uchun turli xil bo'yoqlar ishlatiladi. Ular yordamida hujayra tarkibidagi oqsillar, nuklein kislotalar, yog'lar, uglevodlarni aniqlash mumkin.
Tirik organizmlarning organ va to'qimalarini maydalab (bir xil massa hosil bo'lguncha), ulardan sentrifugalash usuli yordamida hujayraning organoid-larini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, mitoxondriya, ribosoma) ajra-tib olinadi va ularning xususiyatlari o'rganiladi.
Demak, hujayrani o'rganishda turli xil usullardan foydalanish mumkin. Ular yordamida hujayra haqida juda ko'p qiziqarii ma'lumotlar olingan.
Mustahkamlash uchun savollar: 1.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 13
Darsning mavzusi: 11- §. Eukariot hujayra
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga eukariot hujayra haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar eukariot hujayra haqida ma;lumotlarni o`lashtirishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Do'stlaringiz bilan baham: |