Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi : O`TIBDO`


Download 1.79 Mb.
bet66/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________

Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № 46


Darsning mavzusi: Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga o`tilgan mavzularda berilgan ma’lumotlarni o`rganish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonunni ham o`rganish .
haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi B)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Mustahkamlash va xulosalash

7 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Barcha ko'p hujayrali organizmlar bitta urug'langan tuxum hujayra (zigota)dan rivojlanadi. Bir tipga mansub organizmlar murtaginining rivoj-lanishi ko'p tomondan o'xshash. Barcha xordali hayvonlarning embrional rivojlanish davrida ichki skelet — xorda shakllanadi, nerv nayi hosil bo'ladi, halqumining oldingi qismida jabra yoriqlari paydo bo'ladi.
Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o'xshashdir (57-rasm). Bu dalillar K. Ber tomonidan embrionlarning o'xshashlik qonunida il-gari surilgan.


Embrionlarning o'xshashlik qonunining isboti: «Embrion dastlabki rivoj­lanish davrida tip uchun umumiy belgilari jihatidan o'xshash bo'ladi». Har xil sistematik gurahga mansub organizmlar murtagining rivojlanishini o'x­shash bo'lishi, ularning kelib chiqish birligining isbotidir. Keyinchalik em­brional rivojlanishda sinf, oila, tur va oxirida o'sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. Embrionning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi embrional divergensiya deb ataladi.
Organizm o'zining rivojlanish davrida doimiy ravishda o'zgarib boradi. Mutatsiya homilaning dastlabki davrlarida tuzilish va moddalar almashinuviga ta'sir etadigan genlarning o'zgarishiga olib keladi. O'zgargan belgilar keyingi rivojlanish jarayonida muhim rol o'ynaydi.
Boshlang'ich xorda nerv naychasining hosil bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi, uning yo'qolishi rivojlanishni to'xtatadi. Shuning uchun dastlabki bosqichda-gi o'zgarishlar odatda rivojlanishdan orqada qolishga yoki nobud bo'lishga olib keladi. Keyingi bosqichlardagi o'zgarishlar, kamroq ahamiyatga ega bo'lgan belgilarga ta'sir qilib, organizm uchun foydali belgilarni yuzaga chiqaradi va bu o'zgarish tabiiy tanlanishda saralanib boradi.Hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichida ajdod-lariga o'xshash belgilarning paydo bo'lishi, organlar tuzilishidagi evolutsion qayta shakllanishni aks ettiradi. Organizm o'z rivojlanish jarayonida bir hujayrali (zigota) bosqichini o'tadi, ya'ni dastlabki amyobasimon bosqichni filogenetik takrorlaydi. Barcha umurtqalilarda, yuksak tuzilishga ega bo'lganlarida ham dastlab xorda hosil bo'lib, keyinchalik umurtqa pog'onasiga aylanadi. Ularning ajdodida esa xorda butun umri davomida saqlanib qolgan. Embrional rivojlanish jarayonida qushlar, sut emizuvchilar va odamda halqum atrofida jabra bo'ladi. Quraqlikda yashaydigan umurtqalilar embrioni-da jabra yoriqlarining bo'lishi, ular jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon aj-dodlardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Odam embrionining dastlabki bosqichlarida yurak tuzilishi baliqlarnikiga o'xshash: bitta qorincha va bitta bo'lmachadan iborat bo'lib, qon aylanish doirasi bitta bo'ladi. Tishsiz kitlarning embrionlik davrida tish paydo bo'ladi. Bu tishlar milkni yorib chiqmaydi, balki parchalanib so'rilib ketadi. Yuqori-da keltirilgan misollar individual rivojlanish bilan tarixiy rivojlanish o'rta-sidagi bog'liqlikni ko'rsatadi

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling