Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish


Download 1.79 Mb.
bet78/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № 48
Darsning mavzusi: Genlarning birikkan holda irsiylashishi
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Genlarning birikkan holda irsiylashishi
haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar Genlarning birikkan holda irsiylashishi haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmaliDarsning usuli: suhbat, bahs, test
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test
DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Mustahkamlash va xulosalash

7 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Mendel o'z tajribalarida xushbo'y no'xat o'simligining yetti juft irsiy belgisining nasldan naslga o'tishini kuzatdi. Keyinchalik olimlarning ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft belgilarning irsiylanishi o'rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi. Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin keyingi ilmiy izlanishlar xushbo'y no'xatning ayrim belgilari — changchi shakli, gulning rangi nasl-larda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi. Nasllar ota-onaga o'xshagan holda qoladi. Asta-sekin Mendelning uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko'p to'plana bordi. Shu narsa aniq bo'ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni nihoyatda ko'p. Xromosomalar soni esa malum miqdorda bo'ladi. Har bir xromosomada juda ko'p genlar joylashadi. Bunday genlar bir-biri bilan birikkan genlar deyiladi. Ular birikkan gurahlarni tashkil etadi. Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to'plamiga mos keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi 23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no'xatda 14 ta xromosoma — birikkan gu­ruhi 7 ta bo'ladi. Bitta xromosomada joylashgan genlar quyidagicha irsiylanadi. Genlar bir xromosomada bo'lganda nasldan naslga o'tish qonuniyatlari haqidagi masalani T. Morgan va uning shogirdlari mukammal o'rganishgan. Asosan drozofila degan kichik meva pashshasi tekshirilgan (61- rasm). Bu hasharot genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila laboratoriya sharoiti-da oson ko'payadi, serpusht bo'ladi: ular +25—26°C da har 10—15 kunda yangi nasi beradi, irsiy belgilari juda ko'p va turli-tuman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo'ladi.
Tajribalardan ma'lum bo'lishicha, bir xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar bo'ladi, yani mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda nasldan naslga o'tadi. Buni aniq misolda ko'rib chiqamiz. Agar kulrang tanali va normal qanotli drozofila bilan qoramtir tanali va kalta qanotli drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha pashshalar kulrang tanali va normal qanotli bo'lib chiqadi. Bu ikki juft allel bo'yicha geterozigota-dir (kulrang tana, qoramtir tana va normal qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o'tkazishda digeterozigota (kulrang tanali va normal qanotli) urg'ochi pashshalarni retsessiv belgili qoramtir tanali va kalta qanotli erkak pashshalar bilan chatishtiramiz.
Mendelning ikkinchi qonuniga asoslanib, naslda 4 xil fenotipli: 25% normal qanotli kulrang tanali, 25% kalta qanotli kulrang tanali, 25% nor­mal qanotli qoramtir tanali va 25% kalta qanotli qoramtir tanali pashshalar olish mumkin.
Darhaqiqat, boshlang'ich kombinatsiyali (kulrang tanali normal qanotli, qoramtir tanali kalta (qanotli) pashshalar bilan olib borilgan tajribada (muayyan tajribada 41,5%) belgilaridan qayta kombinatsiyalangan (kulrang tanali — kalta qanotli va qoramtir tanali normal qanotli) pashshalarnikiga qaraganda belgilar ancha ko'proq bo'ladi. Keyingilari atigi 8,5% dan bo'ladi (61- rasm). Ana shu misoldan ko'rinib turibdiki, kulrang tana — normal qa­not va qoramtir tana — kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda nasldan naslga o'tadi, ya'ni boshqacha aytganda, o'zaro birikkan holda bo'ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganligiga bog'liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmay-di, balki birgalikda nasldan naslga o'tadi. Bir xromosomada joylashgan gen­larning birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur.
Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi xromosoma­larning gaploid soniga mos keladi. Ular drozofila pashshasida 4 ta, makkajo'xorida 10 ta bo'ladi. Birikish gruppalari sonining xromosomalar so­niga mos kelishi irsiyatda (nasldan naslga) o'tishda xromosomalar ahamiyatga ega ekanhgining muhim dalilidir

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling