Dars 1 Ingliz tilida zamon tushunchasi
Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin
Download 69.02 Kb.
|
Speed up 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazeta, jurnal va internet nashrlarida yangiliklar sarlavhalarini yozishda
- dynamic verbs
- Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.
Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin.
Take Bus 93 to get to the the Best Market. Hozirgi zamonda oʻzlashtirma gapni ifodalash uchun: The book says that too much butter and milk is bad for your health. They say that the company is losing much of its market share.
President Obama meets his Russian colleague. Rebels occupy the centre of Damascus.
Morata takes the ball and passes it to Ronaldo. Ronaldo is with the ball and he makes a fantastic shot!!! GOOOAL!!!! Good job Cristiano! Dars 4 Present Continuous va Present Simple Tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo'lib, ularda ba'zi fe'llarning qo'llanishiga bag'ishlanadi. ▪Mazkur ikkala zamonda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim. ▪Harakat fe’llari, oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..). ▪Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi. Harakat fe’llari ingliz tilida - 'dynamic verbs', holat fe’llari esa - 'stative verbs' deb yuritiladi. ▪Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin. Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy) Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy) ▪Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi. I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda) He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda) Ingliz tilida eng keng tarqalgan holat fe'llari: Quyidagi fe'llarni juda yaxshi esda saqlab qolish lozim, chunki ingliz tilida holat va harakat fe'llarini farqlay olish, barcha zamonlarni to'g'ri qo'llashda asqotadi. be - bo'lmoq, want - xohlamoq, need -muhtoj bo'lmoq, prefer - afzal ko'rmoq, like – yoqtirmoq, love – sevmoq, hate – nafratlanmoq, belong - tegishli bo'lmoq, appear - ko'rinmoq, imagine - tasavvur qilmoq, exist - mavjud bo'lmoq, look - ko'rinmoq, see - ko'rmoq, hear – eshitmoq, resemble - o'xshamoq, fit - to'g'ri kelmoq, own -egalik qilmoq, possess - egalik qilmoq, owe - qarz bo'lmoq, depend - bog'liq bo'lmoq, adore - qattiq sevmoq, dislike - yomon ko'rmoq, suit - mos kelmoq, involve - o'z ichiga olmoq, know – bilmoq, believe – ishonmoq, suppose - taxmin qilmoq, mean - ma'no anglatmoq, understand – tushunmoq, remember – eslamoq, notice - sezmoq, payqamoq, smell - hid taratmoq, sound - eshitilmoq, tuyulmoq, taste - ta'mga ega bo'lmoq, consist - tashkil topmoq, feel - his qilmoq, admire - havas qilmoq, lack – yetishmaslik, wish – tilamoq, forget - esdan chiqarmoq, seem - ko'rinmoq, tuyulmoq, have - ega bo'lmoq, think - o'ylamoq, realise - tushunib yetmoq, doubt – shubhalanmoq, suspect – gumonlanmoq, comprise - tashkil topmoq, contain - ichiga olmoq, include - ichiga olmoq, come from - kelib chiqmoq, concern - tegishli bo'lmoq, appreciate - tushunmoq, yuqori baholamoq Yuqoridagi fe'llarni davomiy zamonlarda qo'llash grammatik xato hisoblanadi. I am knowing the rule. (noto'g'ri) I know the rule. (to'g'ri) Yuqorida ba'zi fe'llarga tagiga belgisi qo'yilgan bo'lib, mazkur fe'llarning ma'nosi o'zgarganda davomiy zamonlarda ham qo'llanishi mumkinligini bildiradi. Bu haqda keyingi darsda batafsil to'xtalib o'tamiz. ▪Holat fe'llarining ba'zilari boshqa ma'nolarda davomiy zamonlarda ishlatilishi mumkin. ▪feel - 1. his qilmoq, sez(il)moq (holat fe’li) 2. paypaslamoq, ushlab koʻrmoq (harakat fe’li) The cloth feels rough. (Mato dag’al…holat fe’li) The doctor is feeling Nick’s leg. (Doktor Nikning oyog’ini ushlab koʻrmoqda…harakat fe’li) ▪smell – 1. hid taratmoq, hidga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. hidlab koʻrmoq (harakat fe’li) the food smells awful. (Ovqatning hidi yomon…holat fe’li) The girl is smelling the flowers. (Qizcha gullarni hidlamoqda…harakat fe’li) ▪taste – 1. ta’mga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. ta’mini totib koʻrmoq (harakat fe’li) The food tastes salty. (Ovqatning ta'mi shoʻr…holat fe’li) The cook is tasting the food. (Oshpaz ovqatning ta’mini tatib koʻrmoqda…harakat fe’li) ▪fit – 1. mos kelmoq, toʻg’ri kelmoq (holat fe’li) 2. oʻrnatmoq, joylashtirmoq (harakat fe’li) My shoes fit me perfectly. (Tufligim menga juda mos keldi…holat fe’li) The workman is fitting the new engine. (Ishchi yangi motorni oʻrnatmoqda…harakat fe'li) ▪look – 1. koʻrinmoq (holat fe’li) 2. qaramoq (harakat fe’li) You look tired. (Siz charchagan koʻrinasiz…holat fe’li) I am looking for my keys. (Men kalitlarimni qidiryapman…harakat fe’li) ▪“to have” fe’li “ega boʻlmoq” ma’nosida faqatgina oddiy zamonlarda, ya’ni Present Simple Tense’da qoʻllaniladi. We have six houses, five cars and one ship now. (are having… emas) 'to have' fe’li boshqa soʻzlar bilan birikib harakatni bildirib kelishi mumkin. Misol uchun to have a bath, to have dinner, to have a chat, to have a rest shunday birikmalar hisoblanadi. Bu holatda ular ham davomiy, ham oddiy zamonlarda qo'llanishi mumkin. Tom is having a bath at the moment. (Tom ayni paytda vanna qabul qilmoqda) Tom has a bath every morning. (Tom har kuni ertalab vanna qabul qiladi) ▪'to think' fe'li fikr bildirmoq' degan ma’nosida faqat oddiy zamonlarda qoʻllaniladi. I think your idea is the best. (Fikrimcha, sizning g’oyangiz eng zoʻri.) ▪to think fe'li oʻylamoq, fikr yuritmoq degan ma’noda har ikkala zamonda qoʻllana oladi. I am thinking of your suggestion but I can’t make up my mind. (…oʻylayapman) I think about the future a lot. (…oʻylayman) ▪to see fe'li koʻrmoq ma’nosida hozirgi zamonda faqat oddiy zamonda qoʻllaniladi. Do you see that man over there? (Anavi yerdagi odamni koʻryapsanmi?) I see that girl every morning. (…har kun koʻraman) ▪to see- uchrashmoq, koʻrishmoq degan ma’noda hozirgi davomiy zamonda, kelajakdagi rejalar uchun qoʻllaniladi. I am seeing the manager tomorrow. (Men ertaga menejer bilan uchrashyapman.) Yuqoridagi izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin yaxshi lug’at yordamida fe’llarning qaysi ma’noda ishlatilishini, holat yoki harakat fe’li ekanligini bilib olish mumkin. Masalan, 'to weigh fe'li tosh bosmoq, vaznga ega boʻlmoq degan ma’noda holat, oʻlchamoq, taroziga tortmoq degan ma’nolarda harakatni bildiradi. ▪to be-boʻlmoq fe’li holat fe’li boʻlganligi tufayli faqat oddiy zamonlarda qoʻllanishini bilamiz. Peter is very helpful. He always helps his mother to do the housework. (doimo shunday yordam berishga tayyor…) 'to be' fe’li ba’zibir sifatlar bilan (generous, helpful, selfish, kind…) qoʻllanganda shaxsning oʻzini boshqacha tutayotganligni koʻrsatish uchun hozirgi davomiy zamon (Present Continuous Tense) da qoʻllaniladi. Sam is being very helpful today. He has done all the housework alone! (Sem bugun juda yordam beryapti. U bir o’zi barcha uy ishlarini bajarib tashladi.)
Download 69.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling