Dars 1 Ingliz tilida zamon tushunchasi


Dars 5 Ingliz tilida fe'l shakllari


Download 69.02 Kb.
bet8/38
Sana05.01.2022
Hajmi69.02 Kb.
#224705
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Speed up 2

Dars 5 Ingliz tilida fe'l shakllari

▪Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe'lning turli shakllari qo'llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning 4 ta shakli qoʻllaniladi.



1. Fe'lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.

to play, to eat, to go, to think, to work



2. Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.

played, ate, went, thought, worked



3. Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.

played, eaten, gone, thought, worked



4. Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.

playing, eating, going, thinking, working

Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri - fe'llarning to'g'ri (Regular) yoki noto'g'ri (Irregular) fe'llarga bo'linishini ko'rib chiqamiz.

Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya'ni ularga qo'shimcha qo'shilishning bitta to'g'ri shakli bor. Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)

Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo'shimcha yoki shakl olishining yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive - drove - driven, eat - ate - eaten, do - did - done)


Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling