Dars 1 Ingliz tilida zamon tushunchasi


Download 69.02 Kb.
bet11/38
Sana05.01.2022
Hajmi69.02 Kb.
#224705
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Speed up 2

3. Hozirgi tugallangan zamon oʻtgan zamondan hozirgacha davom etib turgan muddat ichida sodir boʻlgan, ba’zan hozirgacha davom etayotgan ish-harakatlar uchun ham qoʻllaniladi.

▪Misol sifatida biror shaxsning hayoti davomida qilgan ishlarini koʻrsatish mumkin.

Sarvar has been to England many times. (Sarvar Angliyada koʻp marotaba boʻlgan.)

He has never ridden a horse. ( U hech qachon ot minib koʻrmagan.)

Yuqoridagi qoida ish-harakatning qachon sodir boʻlib oʻtganligini koʻrsatmaydi, ya'ni hozirgi tugallangan zamon biror ish-harakat sodir boʻlgan yoki boʻlmaganligini koʻrsatadi, xolos.

▪Ushbu qoidada qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz.

never, ever, never … before, until, now, so far, up to now, always,the first/second/third time/ all my/her/his life

We are travelling across Europe. We have visited 5 countries so far.

Agar ish-harakat qachon sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, oʻtgan zamondagi fe'lni (past simple tense) qoʻllash kerak boʻladi.

He has been to England many times. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilmagan)

He went to England in 1996. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilgan)

Bu zamon umrimizda yoki biror muddat ichida bir necha marta takrorlangan ish-harakatlar uchun ham ishlatiladi. Bunda once - bir marta, twice - ikki marta, three times - uch marta soʻzlari qoʻllaniladi.

I have been to England three times. Jill has been late twice this week.

Sifatning orttirma darajasi bilan hozirgi tugallangan zamon ishlatiladi.

This is the best meal I've ever eaten.

Dars 7 Present Perfect Continuous tense

Present Perfect Continuous tense - hozirgi davomiy tugallangan zamon, oʻzbek tilida uchramaydigan zamon shakli boʻlib, bu zamondagi ish-harakatlarda ham davomiylik, ham tugallanganlik xususiyatlari mavjud.

▪Bu zamonning qolipi have/has been yordamchi fe'llari + ing qoʻshimchasi qoʻshilgan asosiy fe'l bilan qoʻllaniladi. (S+have/has been+Ving)




Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling