Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja
Dars - 28 Mavzu: Logopediya fanining tamoyillari va metodlari
Download 0.94 Mb.
|
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obyekt
- Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat
Dars - 28
Mavzu: Logopediya fanining tamoyillari va metodlari Reja: 1. Logopediyaning predmeti 2. Lopopediyaning vazifalari 3. Tovushlarni turli xil usullari Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so‘z, padeo – tarbiyalash, o‘rgatish degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo‘lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o‘rganish, shuningdek, bularning oldini olish, nuqsonlarni bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug‘ullanadi. Logopediya - nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediyaning predmeti - nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o‘rganish. Maqsad – nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iborat. Obyekt - nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Predmet - nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o‘rganish. Maqsad – nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iborat. Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: -Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini o‘rganish. -Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularnin turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, darajasini aniqlash. -Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish. -Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklarni o‘rganish, aniqlash. -Nutq kamchiliklarini aniqlash yo‘llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. -Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga keltirish. -Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi: Maxsus pedagogikaning turli sohalari, ona tili o‘qitish metodikasi, logoritmika, umumiy va maxsus psixologiya. Tizimlararo anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevropatologiya, psixopatoloiya, klinika, pediatriya, tilshunoslik kabi fanlar bilan aloqador. Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi. Logopediya maxsus pedagogika – korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak. Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasini uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini to‘la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarini (mashq, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham meditsina metodlarini ishlatishdir. Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo‘lini, uning rivojlanishini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday o‘zgarishlar natijasi ekanligini ko‘rsatish – asosiy vazifadir. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling