Dars ishlanma Маvzu: Ko’pyoqliklarning yoyilmalari


Download 17.73 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.73 Kb.
#1518242
Bog'liq
Ilyosova Robiyaxon


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maxsus sirtqi bo’lim
Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi fanidan
9-sinf uchun

Dars ishlanma


Маvzu: Ko’pyoqliklarning yoyilmalari
Bajardi: Ilyosova Robiyaxon
Tekshirdi: Ashirboyev.A

Toshkent-2023
Fan: Chizmachilik
Sinf: 9, IV chorak
Mavzu: Ko’pyoqliklarning yoyilmalari
Darsning maqsadi: Ko’pyoqliklar haqida tushunchaga ega bo’lish.
Darsning jihozlari: doska, bo‘r, chizmachilik asboblari, dars mavzusi yoritilgan plakat-chizma, darslik, geometrik jismlar.
Dars berish metodi: Aralash metod. Amaliy ishlash, ko‘rgazmali, aqliy hujum, «ishbilarmon-kommersantlar» o‘yini metodlaridan foydalaniladi.
Darsni tashkil etish: o‘quvchilarni tinchlantirib, salomlashish va yo‘qlama. Uyga berilgan topshiriqlarni tanlab, nazorat qilish va uning tahlili. o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni umumlashtirib, tahlil qilinib, tushuntirib beriladi. 3-4 o‘quvchilarning uy ishlari baholanib, e’lon qilinadi, rag‘batlantiriladi (maqtab qo‘yish, alohida yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish).
Yangi mavzuni e’lon qilish: Sinfda geometrik jismlar stendi ilib qo‘yilgan. o‘sha stenddagi prizmalar, silindr, konus, piramidalar, shar va yarim shar alohida-alohida nomlari takrorlanib, ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘quvchilarga: «Shu jihozlardan qaysi birining qirqim chizmasini bajaramiz?» – deb savol tashlanadi va o‘quvchilar e’tiborini maksimal darajada geometrik jismlar stendiga qaratishga erishiladi. O‘quvchilar yordamida birorta jihoz tanlanadi. Darslikdan shunga tegishli rasm, tasvir, chizmani topib, uning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari qanday tasvirlanganligi so‘raladi.
O‘quvchilar javobi:

  1. Frontal proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

  2. Gorizontal proeksiyasi – aylana.

  3. Profil proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

Darsning borishi.
Yangi mavzu bayoni.
Ko‘pyoqliklar yoyilmalari
Ko‘pyoqliklar to‘la yoyilmasini yasash uchun uning yon yoqlari va asoslarining yoyilmalari yasaladi. Bunday yoqlar (uchburchak yoki ko‘pburchak) ni yoyilmada yasash ularga teng bo‘lgan yoqlarni yasash demakdir. Bunday yoqlarni yoyilmada yasash uchun tomonlari ya’ni qirralarining xaqiqiy uzunliklari bo‘lishi kerak. Agar ularning xaqiqiy uzunliklari chizmada bo‘lmasa, ularni turli usullar orqali yasash mumkin.
1-masala. Asosi H tekislikda yotgan uchburchakli to‘g‘ri prizmaning yoyilmasini yasash talab qilinsin (210 a,b-rasm).

210-rasm
Yechish. Prizmaning yon qirralari frontal proyeksiyada, asosidagi qirralari esa gorizontal proyeksiyada xaqiqiy uzunlikda tasvirlangan. Prizmaning yoyilmasini yasash uchun dastlab uning biror masalan, AA1 qirrasi bo‘ylab xayolan kesish kerak. So‘ngra uchta to‘g‘ri to‘rtburchaklar (yon yoqlar) yonma-yon qo‘yib yasaladi. Bu to‘rburchaklarning balandligi prizmaning balandligi h ga, asoslari esa mos ravishda A′B′, B′A′ va C′A′kesmalarga teng bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yon sirtning yoyilmasiga asoslari qo‘shiladi va prizmaning to‘la yoyilmasi hosil bo‘ladi.
211,a,b-rasmlarda berilgan uch yoqli og‘ma prizmaning yon qirralari frontal vaziyatda bo‘lgani uchun ularning haqiqiy uzunliklari A″A­1″, B″B1″ va C″C1″ kesmalarga teng bo‘ladi. Asoslari gorizontal vaziyatda bo‘lganligi uchun asos qirralarining haqiqiy qiymati A′B′, B′A′ va C′A′ kesmalarga teng bo‘ladi. Bunday og‘ma prizmaning yoyilmasini normal kesim usulida yasash qulay hisoblanadi. Buning uchun og‘ma prizmaning yon qirralariga perpendikulyar qilib ixtiyoriy N(NV) tekislik o‘tkaziladi. Normal kesim 123 uchburchakning proyeksiyalari (1′2′3′, 1″2″3″) ni hosil qilinadi. So‘ngra normal kesimning haqiqiy kattaligi Δ102030 aylantirish usulida yasaladi
Darsni mustahkamlash.
Ko’pyoqlilik nima?
Ko’pyoqliklar deganda nimani tushunasiz?
Dars yakuni
Darsga xulosa yasalib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa
Komputer grafik dasturlar haqida ma’lunot topib kelish.




Download 17.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling