Dars ishlanmasi Fan
Download 0.82 Mb.
|
Yuldasheva Azimaxon1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars ishlanmasi Fan
- Rivojlantiruvchi
- Dars rejasi
- II. Otilgan mavzuni takrorlash
- Darslik bilan ishlash
Farg‘ona davlat universiteti san'atshunos fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 2-bosqichi 21.128-guruh talabasi Yuldasheva Azimaxonning "Tasviriy san'at" fanidan tayyorlagan 5-sinf uchun Naqsh kompozitsiyasini yaratish Mavzusida tayyorlagan bir soatlik Dars ishlanmasi Fan: Tasviriy san'at. Darsning maqsadi: Ta'limiy: O`quvchilarga Naqsh kompozitsiyasini yaratish mavzusi yuzasidan tushuncha berish. O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.O‘quvchilarga qadimgi maktablarda qanday ta'lim- tarbiya olishi, odobli, axloqli bo'lishi, bir-birlariga hurmat- izzatda bo'lish, ko'p kitob o'qishga o'rgatish, tarbiyali bo'lish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish. Mustaqil amaliy ishlarni bajara olishini rivojlantirish va shakllantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob metodi, og'zaki, ta'limiy o'yinlar. Dars jihozlari: 5-sinf darsligi, dars ishlanmasi, tarqatma materiallar, ragbat kartochkalari. Kompyuter, videoproyektor, rangli rasmlar, slaydlar, fotoalbomlar Dars rejasi: Tashkiliy qism 2 daqiqa O’tilgan mavzuni baholash va mustahkamlash 5 daqiqa Yangi mavzuning bayoni 15 daqiqa Mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa Baholash 15 daqiqa Uyga vazifa va darsni yakunlash 3 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: - salomlashish; -davomatini aniqlash; -navbatchi axborotini tinglash; -sinf tozaligini, o'quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. II. O'tilgan mavzuni takrorlash: O'g'zaki savollar asosida o'tgan mavzu takrorlab olinadi. III. Yangi mavzuni tushuntirish: Naqqoshlik sanatida buyumlar turli xil naqshlar bilan bezatiladi, ular uch turga: islimiy, girih va murakkab naqshlarga bolinadi. Islimiy naqsh. Osimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy naqshning xillari kop, bir-biriga uzluksiz ulanib, oralib ketadigan chirmoviqsimon, osimliksimon naqshlarning takrorlanishidan hosil qilinadi va shakl islimiy gul, islimiy zanjira, islimiy madohil nomi bilan ataladi. Islimiy naqshlardan keng foydalaniladi. Xalq ustalaridan M. Torayev, J. Hakimov, T. Toxtaxojayev, O. Fayzullayev, N. Ibrohimov, M. Usmonov va boshqalarning ijodlarida buni korish mumkin Darslik bilan ishlash: Darslikda berilgan amaliy topshiriqlar bajaridi va naqshlar chiziladi. Darsni yakunlash va baholash: O'qituvchi savol- javoblar bilan darsni yakunlaydi. Darsga qatnashgan o'quvchilarga rag'batlantirish kartochkalari beriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi:1. Tuzilgan naqsh kompozitsiyasini rangda tugallab qoying.Atamalar daftariga ajratib korsatilgan sozlarni yozib qoying. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling