Dars ishlanmasi (konspekt)


Dars jarayoni va texnologiyasi


Download 1.88 Mb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi1.88 Mb.
#249568
1   2
Bog'liq
1 sinf i va u unlisini mustahkamlash

Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi

Harflarni yozish o’rgatiladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

I va U unlilari haqida tushuncha berish

Harflarni bog’lab yozishni mashq qilish

17 – 18 mashqni bajarish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

6-bosqich

Uyga vazifa

19-mashq 13 -bet

izlanish

1 minut




I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.



1.1.O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.

1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?



  1. O’zbek tilida nechta tovush bor?

  2. Unli harflar nechta?

  3. I va U unlisi ishtirok etgan so’zlardan ayting.

  4. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  5. Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?



III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

Mavzuga oid mashqlar bajariladi.

a, e, I, o, u, o’ – unli tovushlarni ifodalovchi harflar


17-mashq. I va u unlisining talaffuziga e’tibor bering.

Toychoq

Toychog’im uchqur, ziyrak,

To’rt oyog’i g’ildirak.

Sindirmasang bas, unga

Na o’tu, na suv kerak.

Ko’chiring. I va u unlisining tagiga chizing. Ziyrak so’zining ma’nosini ayting.



18-mashq. Tushirib qoldirilgan unlilarni qo’yib, so’zlarni ko’chiring.

Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring

Kuchuk, mushuk, echki, qo’zichoq, xo’tik, sigir, toychoq, buzoq.



Uy hayvonlari haqida o’quvchilar bilan suhbat o’tkaziladi. Ularning rasmlari ko’rsatiladi.

O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi.

Dam olish daqiqasi



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

. . Dars yakunlarini chiqarish

. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;

2. Baholarni e'lon qilish.



3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi


VI. Uyga vazifa

19-mashq.
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling