Dars ishlanmasi mavzu: So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari Darsning maqsadi
O`tigan mavzuni so`rash va mustahkamlash
Download 107.76 Kb.
|
8-sinf ona tili So\'z birikmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-tarqatma Gaplarda nechtadan so`z borligini aniqlang.
- “Aqliy hujum”
- 3.Yangi mavzu bayoni: So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari
2.O`tigan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O`quvchilarni uch guruhga bo`laman. 1 .Guruhlarga tarqatmali jihozlar tarqataman 1-tarqatma Matnda neshta gap borligini aniqlang. Mana oktabr oyi oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb yuribdi.Harna bo`lsa ozroq terib olay,deb dalaga ,mashinam joyida turibdi. (Said Ahmad) 2-tarqatma Gaplarda nechtadan so`z borligini aniqlang. Hovlining yamigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi. Onda-sonda rang olgan qulupnaylar ko`zga tashlanib qoladi. (O`tkir Hoshimov) 3-tarqatma Quyidagi gapda nechta so`z birikmasi borligini aniqlang. Katta sement ko`prik ustidan mashinalar tinimsiz o`tib turibdi. (Said Ahmad) 2.Har bir guruh orasida tezkor savollar asosida “Aqliy hujum” o`yinini o`tkazaman. 1. So`zlarning qanday birikuviga so`z birikmasi deyiladi? 2. So`z birikmasidagi bosh so`z va tobe so`zni misollar asosida tafsiflab bering. 3. Otli so`z birikmasi va fe’lli birikmasiga misollar keltiring. Ular nega shunday ataladi? 3.Yangi mavzu bayoni: So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari O`quvchilar so`z birikmasi haqida boshlang`ich ma’lumotga ega.Yangi mavzuga zamin tayyorlash uchun 60-mashq guruhlar o`rtasida bajariladi Berilgan so`z birikmalari tarkibidagi ajratilgan vositalardan qaysi birlari so`zlarni bir-biriga bog`lashga, qaysi birlari esa lug`aviy ma’noga qo`shimcha ma’nolar berishga xizmat qilishini aniqlang. Guruhlar mashq asosida so`z birikmasida so`zlarning o`zaro biri-kish usullari to`g`risida ma’lumotga ega bo`lishadi. Avvalo, ular so`z birikmasidagi tobe so`z va hokim so`z nimaligi haqidagi ma’lumotni aytishadi. S o `z birikmasi tobe so`z hokim so`z So`z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so`zning hech qanday qo`shimchalarsiz, faqat ohang va ma’nosiga ko`ra bog`lanishiga bitishuv deyiladi. i qtidorli o`quvchi chiroyli gapirmoq b eqiyos o`lka bitishuv usuli mehribon murabbiy Tobe so`zning hokim so`zga tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chi-qish kelishigi qo`shimchalari yoki ko`makchilar yordamida bog`-lanishiga boshqaruv deyiladi. k itobni o`qimoq b uvi bilan suhbatlashmoq boshqaruv usuli daftarga yozmoq onasi uchun olmoq Tobe so`zning hokim so`zga qaratqich kelishigi qo`shimchasi yordamida, hokim so`zning esa tobe so`zga egalik qo`shimchasi yordamida bog`lanishiga moslashuv deyiladi. k itobning muqovasi b uvi o`gitlari moslashuv usuli daftarning varaqlari shaharning ko`chalari Guruhlarda ishlash davom ettiriladi. Sinf yozuv taxtasida birinchi guruh bitishuv usulida, ikkinchi guruh boshqaruv usulida, uchin-chi guruh esa moslashuv usulidagi so`z birikmalariga misollar topishadi. Takrorlangan so`z birikmalari hisobga olinmaydi. Namuna 1. Chiroyli ko`ylak, tez-tez yugurmoq, a’lochi o`quvchi.... 2. Uydan chiqmoq,Vatanni sevmoq, topshiriqni bajarmoq.... 3. Maktab bog`i, shahar ko`chalari, mening singlim..... 62-mashq guruhlarda bajariladi. 62-mashqdagi 1-topshiriqni har uchala guruh bajaradi. Berilgan so`z juftlaridan bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing. Download 107.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling