Dars ishlanmasi mavzu: So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari Darsning maqsadi


O`tigan mavzuni so`rash va mustahkamlash


Download 107.76 Kb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi107.76 Kb.
#1755703
1   2   3
Bog'liq
8-sinf ona tili So\'z birikmasi

2.O`tigan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O`quvchilarni uch guruhga bo`laman.
1 .Guruhlarga tarqatmali jihozlar tarqataman
1-tarqatma
Matnda neshta gap borligini aniqlang.
Mana oktabr oyi oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb yuribdi.Harna bo`lsa ozroq terib olay,deb dalaga ,mashinam joyida turibdi. (Said Ahmad)


2-tarqatma
Gaplarda nechtadan so`z borligini aniqlang.
Hovlining yamigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi.
Onda-sonda rang olgan qulupnaylar ko`zga tashlanib qoladi. (O`tkir Hoshimov)
3-tarqatma
Quyidagi gapda nechta so`z birikmasi borligini aniqlang.
Katta sement ko`prik ustidan mashinalar tinimsiz o`tib turibdi. (Said Ahmad)
2.Har bir guruh orasida tezkor savollar asosida “Aqliy hujum” o`yinini o`tkazaman.
1. So`zlarning qanday birikuviga so`z birikmasi deyiladi?
2. So`z birikmasidagi bosh so`z va tobe so`zni misollar asosida tafsiflab bering.
3. Otli so`z birikmasi va fe’lli birikmasiga misollar keltiring. Ular nega shunday ataladi?
3.Yangi mavzu bayoni: So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari
O`quvchilar so`z birikmasi haqida boshlang`ich ma’lumotga ega.Yangi mavzuga zamin tayyorlash uchun 60-mashq guruhlar o`rtasida bajariladi
Berilgan so`z birikmalari tarkibidagi ajratilgan vositalardan qaysi birlari so`zlarni bir-biriga bog`lashga, qaysi birlari esa lug`aviy ma’noga qo`shimcha ma’nolar berishga xizmat qilishini aniqlang.
Guruhlar mashq asosida so`z birikmasida so`zlarning o`zaro biri-kish usullari to`g`risida ma’lumotga ega bo`lishadi. Avvalo, ular so`z birikmasidagi tobe so`z va hokim so`z nimaligi haqidagi ma’lumotni aytishadi.
S  o `z birikmasi

tobe so`z hokim so`z


So`z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so`zning hech qanday qo`shimchalarsiz, faqat ohang va ma’nosiga ko`ra bog`lanishiga bitishuv deyiladi.
i  qtidorli o`quvchi
chiroyli gapirmoq
b  eqiyos o`lka bitishuv usuli
mehribon murabbiy
Tobe so`zning hokim so`zga tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chi-qish kelishigi qo`shimchalari yoki ko`makchilar yordamida bog`-lanishiga boshqaruv deyiladi.
k itobni o`qimoq
b uvi bilan suhbatlashmoq boshqaruv usuli
daftarga yozmoq
onasi uchun olmoq
Tobe so`zning hokim so`zga qaratqich kelishigi qo`shimchasi yordamida, hokim so`zning esa tobe so`zga egalik qo`shimchasi yordamida bog`lanishiga moslashuv deyiladi.
k itobning muqovasi
b uvi o`gitlari moslashuv usuli
daftarning varaqlari
shaharning ko`chalari
Guruhlarda ishlash davom ettiriladi. Sinf yozuv taxtasida birinchi guruh bitishuv usulida, ikkinchi guruh boshqaruv usulida, uchin-chi guruh esa moslashuv usulidagi so`z birikmalariga misollar topishadi. Takrorlangan so`z birikmalari hisobga olinmaydi.
Namuna
1. Chiroyli ko`ylak, tez-tez yugurmoq, a’lochi o`quvchi....
2. Uydan chiqmoq,Vatanni sevmoq, topshiriqni bajarmoq....
3. Maktab bog`i, shahar ko`chalari, mening singlim.....
62-mashq guruhlarda bajariladi.
62-mashqdagi 1-topshiriqni har uchala guruh bajaradi. Berilgan so`z juftlaridan bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing.

Download 107.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling