munkidi - qoqilib tushdi
gursillab - "gurs-gurs" ovoz chiqarmoq
chirandi - biror maqsadda bor kuchini ishga solib, harakat qilmoq
She'r mazmuni tahlil qilinadi.
- Bu she'r nima haqida ekan?
- Shoir she'rda Nurxon va Burxonning xislatlarini ifodalash uchun qanday so'z va iboralarni qo'llagan? Misollar keltiring.
- Darslikdagi rasmda kimlar va nimalar tasvirlangan? She'rdan shu rasmga mos misralarni topib o'qing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Kim she'rni ifodali o'qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiyati va o'zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.
O'quvchilar xohishiga ko'ra she'rni o'qiydilar.
“Maqollar bilag’oni” mashqlari
Yaxshi so’z – jon ozig’i,
Yomon so’z – bosh qozig’i.
Yaxshi xulq kishining ziynati.
Odobning boshi til.
Shirin so’z-boldan shirin.
Odob bozorda sotilmas.
Odobli bola-elga manzur.
Odamlarning yaxshisi-
Odamlarga foydalirog’idir.
"Venn diagrammasi" metodi. O'quvchilar Nurxon va Burxonning shaxsiy xususiyatlari va o'xshash tomonlarini "Venn diagrammasi"ga yozishlari lozim boladi.
V. Darsga yakun yasash va o'quvchilarni baholash.
O'quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beriladi:
1. Sizda nima ko'proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo'ldi?
3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo'ldi?
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo'la-dimi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. "Nurxon va Burxon" she'rini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |