Dars ishlanmasi Toshkent 2022 Dars ishlanmasi Fan: Biologiya 102-guruh Sana


Download 0.61 Mb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1228373
  1   2
Bog'liq
1 Dars ishlanma Uglevodlar


O’zMU Biologiya fakulteti


Biologiya yo’nalishi 4-kurs 402-guruh talabasi
Sharifjonov Abrorbekning Biologiya fanidan
Uglevodlar mavzusi yuzasidan

Dars ishlanmasi
Toshkent 2022


Dars ishlanmasi
Fan: Biologiya 102-guruh
Sana: 19.09.2022
Mavzu: Uglevodlar
Darsning o’quv maqsadi: O’quvchilarga Uglevodlar haqida keng qamovli ko`nikma berish
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga Uglevodlarni o`rgatish misolida shakarlar haqida tushuntirish
Darsning rivojlanish maqsadi: O’quvchilarni Uglevodlarni o’rganish oraqali hayotiy qarashlar orqali rivojlantirish
Darsda foydalanilgan texnalogiya: Noan’anaviy, tezkor savol javob,
Darsning strukturasi:
1) Tashkiliy qism
2) Uy vazifani tekshirish.
3) Yangi mavzuni yoritish.
4) Yangi mavzuni mustahkamlash.
5) Yakuniy qism


Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism : 10 minut. Sinf o'quvchilarni darsga tayyorlash , salomlashish, davomot qilish, kun yangiliklar bilan habardor qilish.
II O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarni bilimini mustahkamlash va uyga vazifalarni tekshirish 30 minut.
Foydalanilgan metodlar: Tezkor savol-javob, Aqliy hujum metodi, muzyorar metodi
O'tgan mavzu: Biomolekulalar
III.Yangi mavzuni oʻrganish: 30minut . Oʻquvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini oʻquv topshiriqlarini bajarishga yoʻllash.

III. MAVZU:
Reja: Uglevodlar
1.Monosaxaridlar
2.Disaxaridlar
3.Polisaxaridlar
4. Uglevodlarnig ahamiyati
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular umumiy Cn(h2o)m formula bilan ifodalanadi. “uglevod” atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop o‘simligi po‘stlog‘ini sellуuloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. kraxmal esa o‘simliklarning ildizmevalarida, tugunaklarida va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira
modda sifatida to‘planadi. hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1–2
foizni, ba’zan jigar va muskul hujayralarida 5 foizni tashkil qiladi. o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda o‘simliklarning quruq massasining 95 foizi uglevoddan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi. uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topgan organik birikmalardir, shuningdek, uglevodlarning ko‘pchilik qismida vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan ikki baravar ortiq
bo‘ladi.uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. oddiy uglevodlar monosaxaridlar, murakkab uglevodlar esa polisaxaridlar deb ataladi.
monosaxaridlar. Monosaxaridlar nomi “oza” bilan tugaydi. Molekuladagi C atomi soni va monosaxaridning biror xossasi so‘z o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, monosaxarid tarkibida C uchta bo‘lsa – trioza, to‘rtta bo‘lsa – tetroza, beshta bo‘lsa – pentoza, oltita bo‘lsa – geksoza va hk. “Glukoza” nomi esa shu monosaxaridning shirinligini, “fruktoza” – bu monosaxaridning mevada bo‘lishini, “galaktoza” –
esa monosaxaridning sutda bo‘lishini ko‘rsatadi. eng ko‘p tarqalgan monosaxaridlar glukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qondagi miqdori 0,1–0,12 % ga teng. Glukoza ko‘pgina disaxaridlar va polisaxaridlar tarkibiga
kiradi. Pentozalarga riboza bilan dezoksiriboza misol bo‘ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling