Dars ishlanmasi Toshkent 2022 Dars ishlanmasi Fan: Biologiya 102-guruh Sana
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liq1 Dars ishlanma Uglevodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning o’quv maqsadi
- Darsning strukturasi
- Foydalanilgan metodlar
- III. MAVZU: Reja
O’zMU Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 4-kurs 402-guruh talabasi Sharifjonov Abrorbekning Biologiya fanidan Uglevodlar mavzusi yuzasidan Dars ishlanmasi Toshkent 2022 Dars ishlanmasi Fan: Biologiya 102-guruh Sana: 19.09.2022 Mavzu: Uglevodlar Darsning o’quv maqsadi: O’quvchilarga Uglevodlar haqida keng qamovli ko`nikma berish Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga Uglevodlarni o`rgatish misolida shakarlar haqida tushuntirish Darsning rivojlanish maqsadi: O’quvchilarni Uglevodlarni o’rganish oraqali hayotiy qarashlar orqali rivojlantirish Darsda foydalanilgan texnalogiya: Noan’anaviy, tezkor savol javob, Darsning strukturasi: 1) Tashkiliy qism 2) Uy vazifani tekshirish. 3) Yangi mavzuni yoritish. 4) Yangi mavzuni mustahkamlash. 5) Yakuniy qism Darsning borishi: I. Tashkiliy qism : 10 minut. Sinf o'quvchilarni darsga tayyorlash , salomlashish, davomot qilish, kun yangiliklar bilan habardor qilish. II O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarni bilimini mustahkamlash va uyga vazifalarni tekshirish 30 minut. Foydalanilgan metodlar: Tezkor savol-javob, Aqliy hujum metodi, muzyorar metodi O'tgan mavzu: Biomolekulalar III.Yangi mavzuni oʻrganish: 30minut . Oʻquvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini oʻquv topshiriqlarini bajarishga yoʻllash. III. MAVZU: Reja: Uglevodlar 1.Monosaxaridlar 2.Disaxaridlar 3.Polisaxaridlar 4. Uglevodlarnig ahamiyati Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular umumiy Cn(h2o)m formula bilan ifodalanadi. “uglevod” atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan. uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop o‘simligi po‘stlog‘ini sellуuloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. kraxmal esa o‘simliklarning ildizmevalarida, tugunaklarida va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi. hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1–2 foizni, ba’zan jigar va muskul hujayralarida 5 foizni tashkil qiladi. o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda o‘simliklarning quruq massasining 95 foizi uglevoddan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi. uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topgan organik birikmalardir, shuningdek, uglevodlarning ko‘pchilik qismida vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan ikki baravar ortiq bo‘ladi.uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. oddiy uglevodlar monosaxaridlar, murakkab uglevodlar esa polisaxaridlar deb ataladi. monosaxaridlar. Monosaxaridlar nomi “oza” bilan tugaydi. Molekuladagi C atomi soni va monosaxaridning biror xossasi so‘z o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, monosaxarid tarkibida C uchta bo‘lsa – trioza, to‘rtta bo‘lsa – tetroza, beshta bo‘lsa – pentoza, oltita bo‘lsa – geksoza va hk. “Glukoza” nomi esa shu monosaxaridning shirinligini, “fruktoza” – bu monosaxaridning mevada bo‘lishini, “galaktoza” – esa monosaxaridning sutda bo‘lishini ko‘rsatadi. eng ko‘p tarqalgan monosaxaridlar glukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qondagi miqdori 0,1–0,12 % ga teng. Glukoza ko‘pgina disaxaridlar va polisaxaridlar tarkibiga kiradi. Pentozalarga riboza bilan dezoksiriboza misol bo‘ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling