Dars ishlanmasi
Download 56 Kb.
|
dars ishlanma didaktik adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Didaktik adabiyot haqida.
- Mustahkamlash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI XORAZM VILOYATI XONQA TUMANI 33-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sabirov Matkarimning 8- “A” sinf adabiyot darsida “Didaktik adabiyot haqida” mavzusida o’tish uchun mo’ljallab ishlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI Tomadurgadik – 2013 Sana: “____” oktabr 2013-yil Sinf: 8-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: Didaktik adabiyot haqida. Maqsad: ta’limiy maqsad – o’quvchilarga didaktik adabiyotni nima ekanligi va uning vazifasi nimadan iboratligini o’rgatish. tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarda asar qahramonlarida mujassam bo’lgan hislatlarni shakillantirish. rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilarni og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: savol-javob, baxs-munozara, interfaol Dars jihozlari: darslik, tarqatma materiallar, “Qutadg’u bilig” asari, tarqatma varaqalar, plakatlar. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlasish ,sinf ozodaligini nazorat qilish, davomat olish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish. 2.Uyga vazifani so’rash: o’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi. a) “Qutadg’u bilig” asarini she’riy yo’l bilab tarjima qilgan adib? Javob: Boqijon To’xliyev b) Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga bosh bo’lsa, arslonlar it kabi bo’lib qolishi mumkin. Ushbu fikrlar qaysi qahramon tilidan olingan? Javob: O’gdurmish d) Beklik mustahkam bo’lishi uchun to’rt narsaga ega bo’lish lozim edi. Bular nimalar? Javob: kuchli lashkar, ko’p boylik, badavlat xalq, adolatli siyosat yuritish 3. Yangi mavzu bayoni: Reja: 1.”Didaktika” haqida. 2. Didaktik adabiyot haqida. 3. Didaktik adabiyotning mohiyati haqida. 5.Xulosa. “Didaktika” yunoncha “didakticos”, ya’ni “ibratli” degan so’zdan olingan. Demak’ didaktik adabiyot deganda nasihat , o’git’ ibrat ruhidagi asarlar tushiniladi. Bu sharq ham’ G’arbda ham bo’lgan. Sharq so’z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq’ u shunisi bilan G’arb adabiyotidan farq qiladi. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko’proq nasihat yo’li bilan, G’arb esa hayotni real ko’rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd qilib o’tgan edi. O’gzaki va yozma adabiyot, axloqiy-diniy merosi pand-hikmatga o’ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishdi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo’lgan omillardan biri ham- shu. O’zbekiston Qahramoni’ O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Oripov: “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi”, deganida ham aynan shu jihatlarni ko’zda tutgan edi. Shunga qaramay, sharq jumladan’ o’zbek mumtoz adabiyotini tamoman pand-nasihat ruhida deb tushunish – xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shaklga ko’ra tasnif qilish mumkin.
Nasriy didaktik asarlar. Nasriy-she’riy didaktik asarlarlar. She’riy didaktik asarlar. Yusuf Xos hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni she’riy didaktik asarlar sirasiga kiradi. Ushbu dostonda ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan muallif nuqtayi nazarini tiniqlashtiradi, uning ayni qanday g’oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni oshiradi, uchinchidan, ko’tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o’z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini yo’qotmagan. Zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Maslan, O’zbekiston xalq shoiri Shukrullo qalamiga mansub “Javohirlar sandig’i” aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo’l bilan bitilgan. Mustahkamlash: Mustahkamlash jarayonida o’quvchilarga quyidagi jadval beriladi va o’quvchilar uni to’ldirishadi. 2-topshiriq: Aqliy hujum Bu topshiriqda o’quvchilarga mavzu yuzasidan (Alisher Navoiy) tezkor savollar beriladi o’quvchilar bunga javob berishlari lozim. “Didaktika” so’zi yunonchadan olingan bo’lib u nimani anglatadi? Javob: ibratli degani Sharq ko’proq nasihat yo’li bilan, G’arb esa hayotni real ko’rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd qilib o’tgan shaxs. Javob: Abu Ali ibn Sino “Qutadg’u bilig” asari qanday usulda bitilgan? Javob: she’riy usulda “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi”-degan fikrlar muallifi? Javob: Abdulla oripov Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shaklga ko’ra tasnif qilish mumkin. Javob: Nasriy didaktik asarlar. Nasriy-she’riy didaktik asarlarlar. She’riy didaktik asarlar Uyga vazifa: Didaktik adabiyot haqida tushunchani o’qib o’rganib kelish. Darsni yakunlash: Dasrda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Ularning mavzu yuzasidan savollariga javob beriladi. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling