Dars jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki nutqni rivojlantirish masalalari


Download 21.07 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi21.07 Kb.
#1282653
Bog'liq
Шолпанга


Dars jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki nutqni rivojlantirish masalalari.

Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovuchlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Nutq orqali odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.


Nutqni rivojlantirish- ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi.
Boshlang’ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutqni rivojlantirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakllantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib borish bog’lanishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir. Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarda keng foydalanish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Mashqning bu turlari o’quvchilarga yangi harf o’rgatilgandan keyin uni qay darajada o’zlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
O’qituvchi taxtaga o’rnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi va uni o’qigach, o’quvchilarga ham navbat bilan o’qitadi. So’ngra bolalarga sezdirmasdan ayrim harflar almashtirib qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning sezgirligi, topqirligi baholanib, rag’batlantiriladi.
Mehnat ta’limi darslarida ham o’quvchilarning nutqini o’stirishga katta e’tibor berilib, o’rgatuvchi xarakterdagi o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan: “Mehmon- mehmon”, “sabzavotlar va me’valar do’koni”.
O’yinlar orqali milliy qadriyatlarimizdan, milliy me’rosimizdan foydalanib, qadr-qimmat, mehr-oqibat, odob-axloq, ota-ona va kattalarni hurmat qilish kabi xislatlarni bola qalbiga singdirish mumkin.
Bunday dars- o’yin turdagi mashg’ulotlar bolalarni mehnatsevarlikka tayyorlaydi, ularning mustaqil, ijodiy faoliyatini, lug’at boyligini oshirib, nutqini rivojlantirishga yordam beradi va darslarning uzviy bog’liqligini mustahkamlaydi.
Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy – nazar, birinchi galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.
Bundan tashqari umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi.
Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadida xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o’qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.
Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini tizimlashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir.
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganimizda, dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Bu yaratilgan imkoniyat bolalarning emotsional reaksiyalariga, nutqiy holatlariga e'tibor berishga, mash­g‘ulot vaqtida yuzaga kelgan holatlarni va vaziyatlarni hal qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 . Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «Sharq» 1999-yil, 7-maxsus son.
2. Abdullaeva K va boshqalar. Savod o'rgatish darslari.T.,«O'qituvchi».1996 –yil
3. G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq. 2003 -yil.
4. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., «O'qituvchi», 2003- yil.
Download 21.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling