Dars jihozlari
Download 215.82 Kb. Pdf ko'rish
|
13-Amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARSNING MAQSADI: Sutemizuvchilar tasnifi. Muxim turkumlari va ularning muxim vakillari bilan tanishish. DARS REJASI
- DARSNING BORISHI: Qo`lqanotlilar (Chiroptera) turkumi
- 14- Rasm. Hasharotxo’rlar turkumi vakillari
- Kemiruvchilar (Rodentia) turkumi
13-MASHG‘ULOT Mavzu: Sutemizuvchilar tasnifi. Muxim turkumlari va ularning muxim vakillari bilan tanishish.Sutemizuvchilar aniqlagichi bilan ishlash DARS JIHOZLARI: Turli turkum vakillari sut emizuvchilaridan namunalar, sut emizuvchilarning formalinli preparati, turli sut emizuvchilar tuzilishiga oid rasmlar, aniqlagichlar, lupa, binokulyar. DARSNING MAQSADI: Sutemizuvchilar tasnifi. Muxim turkumlari va ularning muxim vakillari bilan tanishish. DARS REJASI: 1. Kemiruvchilar turkumi vakillari tashqi tuzilishi bilan tanishish. 2. Tuyoqli sut emizuvchilar tuzilishi bilan tanishish. 3. Aniqlagichlar yordamida turli sut emizuvchilarni sistematik o‘rnini aniqlash. DARSNING BORISHI: Qo`lqanotlilar (Chiroptera) turkumi sutemizuvchilarning havoda uchib yurishga moslashgan birdan-bir guruhidir. Bularning uchish organi - qanotlari oldingi oyoqning nihoyatda uzaygan barmoqlari, yelka, yelka oldi, tanasining yon tomonlarini, keyingi oyog`i va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. Qushlardagi singari to`sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toj suyagi bo’lib, unga qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadi. 14- Rasm. Hasharotxo’rlar turkumi vakillari: 1 – Afrika sakrovchisi, 2 – yerqazar, 3 – tenrek, 4 – krot, 5 – vixuxol. Qo`lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan, tunda faol hayot kechiradigan 1000 dan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ularning ko`zlari yaxshi rivojlanmagan. Eshitish organi yaxshi rivojlangan va asosan aks etgan ultratovushlarni qabul qiladi. Qo`lqanotlilar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushdan tashqari, ayrim impulslardan iborat 30000 dan 70000 gersgacha ultratovushlar chiqaradi. Impulslar tezligi ko`rshapalakning biror buyumdan yoki o`ljasidan nechog`lik narida turganiga qarab o`zgaradi. Ko`rshapalaklar yakka yoki koloniya bo`lib hayot kechiradi. Yil mavsumiga qarab o`rta mintaqada yashovchilari migratsiya qilishadi. Qo`lqanotlilar turkumi mevaxo`r va hasharotxo`r ko`rshapalaklar kenja turkumlariga bo`linadi. Mevaxo`r ko`rshapalaklar yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar bo`lib, qanotlarini yoyganda 170 sm gacha yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik mintaqalarida tarqalgan. Tishlarining chaynash yuzalari yassilashgan va mevalar bilan ovqatlanishga moslashgan. Hasharotxo`r ko`rshapalaklar birmuncha kichik, tishlarining uchi o`tkir, quloq supralari katta bo`ladi. Markaziy Osiyo hududida taqaburun, mitti ko`rshapalak, shalpangquloq ko`rshapalak, quloqdor shomshapalak va tunshapalaklar tarqalgan. Kemiruvchilar (Rodentia) turkumi vakillari hozirgi zamonda yashab turuvchi sutemizuvchilar orasida eng ko`p, ya'ni 2000 dan ortiq turlarni o`z ichiga oladi. Ular juda keng tarqalgan, tuproq, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ularning kurak tishlari juda yirik, lekin ildizi bo`lmaydi. Kurak tishlari o`sib turadi. Qoziq tishlari yo`q, shu sababli kurak va oziq tishlari orasida tishsiz bo`shliq - diastoma bo`ladi. Kemiruvchilar asosan o`simlik ildizi, po`stlog`i, novdasi, bargi, doni va maysasi bilan oziqlanadi. Download 215.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling