Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Tez yuguruvchilar jamoasi.
- 7. Tovonbaliqlar va cho’rtanbaliq.
5. Bo’ri zovurda
O’yin tavsifi. Maydonchaning o’rtasidan 1.5-2 qadam oraliqda parallel chiziqlar tortiladi. Bu zovur bo’ladi. Zovurning ikki tomonida, 10-15 m narida, uy chegarasini bildiruvchi yana ikkita parallel chiziq chiziladi. Bo'ri zov’rda turadi. Qolgan o’yinchilar, echkilar uyga joylashadilar. Bo’yruqdan so’ng o’yinchilar, echkilar oldinga qarab yugurib yo’lda zovur ustidan sakrab o’tib, maydonchaning qarshi tomoniga o’tib olishlari kerak. Bo’ri esa zovurdan chiqmay, zovurdan sakrab o’tayotgan echkilarni ushlashga harakat qiladi. Bo’rining qo’li tekkan o’yinchi joyida to’xtab qolishi lozim. Rahbar ushlangan o’yinchilarni sanab, belgilab oladi va ular yana o’yinda ishtirok etadilar. Echkilar zovurdan uch marta sakrab o’tganlaridan so’ng o’yin qaytadan boshlanadi. Echkilarni ko’proq tutgan Bo’ri va biror marta ham qo’lga tushmagan echkilar yutgan hisoblanadilar. 6. Tez yuguruvchilar jamoasi. 3-4 ta guruh kolonnada saflanib turadilar. 5-7 m narida tirkagich turadi. Kolonna boshida turganlar bo’yruqdan so’ng belgilangan masofaga yugurib borib tirkagichni aylanib keladi va o’z kolonnasini ham aylanib o’tib, ikkinchi o’yinchini o’zining ortidan qo’shib oladi. Ikkinchi o’yinchi birinchi o’yinchining belidan ushlab oladi. Ikkala o’yinchi ham oldingi vazifani bajaradi va hokazo. Hamma o’yinchilar birgalashib yugurishib belgilangan masofani aylanib kelib dastlabki holatni birinchi bo’lib tugatgan jamoa g’olib bo’ladilar. 7. Tovonbaliqlar va cho’rtanbaliq. O’yin tavsifi. O’yin katta maydoncha yoki sport zalda o’tkaziladi. Maydonchaning qarama-qarshi tomonlariga Tovonbaliqlarning ikkita uyi chiziladi. Uylar orasidagi masofa taxminan 15-20 qadam bo’lishi kerak. Eng chaqqon bola Cho’rtanbaliq qilib tayinlanadi. Qolganlar esa Tovonbaliqlar bo’ladilar. Tovonbaliqlar uylaridan birida turadilar. Cho’rtanbaliq esa maydonchaning – daryoning o’rtasida turadi. Cho’rtanbaliq bir, ikki, uch! – degandan keyin hamma o’yinchilar, tovonbaliqlar maydonning bir tomonidan ikkinchi tomonidagi uylariga yugurib, suzib o’tadilar. Cho’rtanbaliq esa ularni tuta boshlaydi, tutilganlar joyida qoladi. O’yin shu tariqa davom etadi. 5-6 ta o’yinchi ushlangandan so’ng ushlanganlar maydon 10’ ushlangan hisoblanadi. Bu o’yinda ko’proq harakat yo’nalishini o’zgartirib yurish va yugurish malakasi mustahkamlanadi. 5.Rasm joyi. Mil.Har.o’yin.13-bet. O’yin qoidasi. 1. O’yinchi sakrayotgsnda zovurning ikkinchi tomonini bir oyog’I bilan bosishga ulgurgan bo’lsa, Bo’ri uni ushlamasligi kerak. 2. Zovurdan sakrab o’ta olmagan o’yinchi ham tutilgan hisoblanadi. Bu o’yinda uzunlikka sakrash va qisqa – qisqa yugurish malakasi hosil qilinadi. 6.Rasm joyi. O’yin qoidalari. 1. Cho’rtanbaliq bir, ikki, uch deb sanagandan so’ng Tovonbaliqlar uylaridan chiqadilar. Sanoqdan so’ng uylarida qolib ketgan cho’rtanbaliqlar ushlangan hisoblanadilar. Bu o’yinda: uyushqoqlik, mustaqillik, qat’iyatlilik va hushyorlik sifatlari tarbiyalanadi. o’rtasida bir-birlarining qo’llaridan ushlab, to’r hosil qilib turadilar. Tovonbaliqlar esa to’r orasidan, qo’llar tagidan yugurib o’tadilar. Cho’rtanbaliq esa to’p ortida turib ularni tutadi. Ushlanganlar ko’payib ketgach, endi ular savat hosil qilib turadilar. Endi qolgan tovonbaliqlar savat oralaridan yugurib o’tadilar. Cho’rtanbaliq esa savat ortida turib ularni tuta boshlaydi. Tovonbaliqlar kam qolganda esa, tutilganlar bir-birlariga yuzma-yuz turib yo’lak hosil qiladilar. Tovonbaliqlar esa yo’lak ichidan yugurib o’tadilar. Cho’rtanbaliq yo’lak tugagan joydan ikki qadam narida turib Tovonbalqlarni tutadi. Hamma Tovonbaliqlar tutilgach o’yin tugaydi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling