Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars qismi Mazmuni Me’yor Tashkiliy uslubiy ko’rsatma
- 1. Cho’qqayib o’tirib ol. O’yin tavsifi.
- 2. Samolyotlar.
Dars konspekti № 2 Mavzu: Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishni o’rgatish. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, akademik letsey va kasb - hunar maktablari o’quvchilari ucun o’yinlar. (Samolyotlar, Koptokni quvib yet, Qopqon, Qo’l keldi, Qo’riqchilar va chegarachilar,To’p doiraga, To’pni xalqaga tushir, Tirsaklarda olishish) Dars qismi Mazmuni Me’yor Tashkiliy uslubiy ko’rsatma Tayyorlov qismi 15’ Saflanish, raport qabul qilish, yo’qlama qilish, dars vazifasi bilan tanishtirish. Saf mashqlari; o’ngga, chapga, orqaga burilishlar, joyida turib yurish. Maydon bo’ylab yurish mashqlari: oyoq uchida, tovonda, oyoqning tashqi yon tomoni bilan, ichki yon tomoni bilan, tovondan oyoq uchiga ko’tarilgan holatda va oddiy holatda yurishlar. Yugurish mashqlari: to’g’riga oldinga qarab, o’ng yon tomon bilan qadamlab, chap yon tomon bilan qadamlab, orqa bilan oldinga, oddiy yugurish, tizzalarni yuqoriga ko’tarib, tovonlarni ortda yuqoriga ko’tarib, oyoq uchlarini oldinga yuqoriga ko’tarib, ilon izi bo’ylab yugurish, tezlanib va oddiy holatdagi yugurishlar. Yurishga o’tish, nafas rostlovchi mashqlar. U.R.M.ga qayta saflanish. U.R.M. safda 15’ Sport kiyimiga ahamiyat berish. Darsda qo’yilgan vazifalarni ketma-ket to’g’ri bajarishga ahamiyat berish. Mashqlar harakatda kolonnada safda bajariladi. Mashqlarni bajarishda xato bajargan bolalarga ko’rsatmalar berib to’g’rilab borish. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bir qatorda turib harakatda bajaradilar. Asosiy qism 55’-60’ 1. Cho’qqayib o’tirib ol. O’yin tavsifi. Maydoncha chiziq bilan chegaralanib qayergacha yugurish mumkinligi aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bitta quvlovchi tayinlanadi. Qolgan o’yinchilar uning atrofida aylana hosil qilib turadilar. Quvlovchi “Bir, ikki, uch”, deganda hamma har tomonga qochib ketadi va quvlovchi ularni quvlay boshlaydi. Quvlovchi biron o’yinchini tutay deganda o’yinchi choqqayib o’tirib olsa, quvlovchi u o’yinchini tutmaydi. Quvlovchi quvlashni davom ettiradi. O’yin shu zaylda davom etadi. O’yinni istalgan vaqtgacha davom ettirish mumkin. O’yin qoidalari. 1. Faqat 5 soniya cho’qqayib o’tirish mumkin. 2. Cho’qqayib o’tirishga ulgurgan o’yinchini tutish mumkin emas. 3. Tutilgan o’yinchi to’xtaydi va qo’lini yuqoriga ko’tarib, “Men quvlovchiman!”-deb aytadi. Keyin u o’yinchilarni tutishga kirishadi. 2. Samolyotlar. Bolalar samolyotda o’tirgan o’quvchilarni ifoda etadilar. Ular maydonchaning har - yer, har – yerida turadilar. Tarbiyachi “Uchishga tayyorlaning!” deganda, qo’llarini tirsakdan bukib, oldilarida aylantiradilar, ya’ni motorni ishga soladilar. “Uchinglar!” deganda qo’llarini yon tomonlariga uzatib, maydoncha bo’ylab tarqalib yuguradilar. “Qo’ning!” deganda samolyotlar to’xtab, yerga qo’nadi (bolalar bitta tizzasini yerga qo’yib cho’nqayadilar). O’yin 5-6 marta takrorlanadi. O’yinni biroz murakkablashtirish mumkin. Buning uchun bolalar 3-4 guruhga bo’linadilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling