Dars konspekti №1 Mavzu


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

 
 
 
 
Bu o’yinda yuqori 
start holatidan aylana bo’ylab 
juda tez yugurish hamda 
estafeta 
tayoqchasini 
chaqqonlik bilan uzatish va 
olish 
mahorati 
takomillashtiriladi. 
(M.H.O’. 38-bet). 
 
Bu o’yinda: bolalarda qisqa-
qisqa yugurish malakasi hosil 
qilinadi. (M.H.O’. 12-bet). 


yuguradilar. Birinchi bo’lib, o’z bayroqchasi atrofida 
aylana hosil qilgan guruh g’olib hisoblanadi. O’yin 
shu tarzda bir necha marotaba o’tkaziladi. 
O’yinning qоidаlari. 1. O’yinchi bayroqchani 
bir qo’lidan ikkinchisiga olishi mumkin. 2. Ko’zni 
to’liq yumish lozim. 3. O’yinchilar bir-birlari bilan 
qo’l ushlashib, tekis turganlarida o’yin sharti 
bajarilgan hisoblanadi. 4. O’yin shartini oldindan 
kelishilgan holatlarda ham bajarish mumkin. 
6. Polizga kirgan Quyonlar. 
O’yinning tаvsifi. Maydonga katta-kichik ikkita 
aylana chiziladi. Tashqi aylananing kattaligi 7-9 m, 
ichki aylana esa 3-4 m bo’ladi. Onaboshidan boshqa 
hamma bolalar “Quyon” bo’lib, katta aylanadan 
tashqarida turadilar. Onaboshi (qorovul) ingichka 
rezinaga bog’langan, qipiq to’latilgan qog’oz to’pchani 
ushlab, kichik doiraning o’rtasida turadi. Kichik doira 
“Poliz” hisoblanadi. “Quyonlar” ikki oyoqlab sakrab 
goh “Poliz”ga kiradilar, goh katta doiraning 
tashqarisiga chiqadilar. Qorovul esa “Poliz” ichida va 
katta aylana chizigi bilan chegaralangan maydonda 
yugurib yuradi. U har gal rezinaga bog’langan to’pcha 
bilan “Quyonlar”ni otishga harakat qiladi. “Quyonlar” 
har tarafga sakrab-sakrab chap berib qochadilar va tez-
tez “Polizg”ga tushishga intiladilar. Qorovulning to’pi 
tekkan “Quyon” otilgan hisoblanadi. Otilgan quyon 
katta doira tashqarisiga chiqishi va “O’q tekkan” joyini 
5-6 marta shoshmasdan silashi kerak. “Quyon”ni otgan 
qorovul boshqa o’yinchilarga qo’shiladi va otilgan 
“Quyon” uning o’rniga o’tadi. O’yin jarayonida o’q 
tegmagan “Quyonlar” eng chaqqon o’yinchilar 
hisoblanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling