Dars konspekti №1 Mavzu


 Tirmashish va oshib o’tish bilan estafeta


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

8. Tirmashish va oshib o’tish bilan estafeta. 
O’yin tavsifi. O’yinchilar teng bo’lgan 2-4 jamoaga 
bo’linib bir qatordan saflanib turadilar. Qatorlar 
orasidagi masofa 2-qadam bo’ladi. O’yinchilar oldida 
start chizig’i chiziladi. O’yinchilardan 10 m narida 
yakkacho’p, 15-20 m narida, esa gimnastik narvonlar 
bo’ladi. Narvon oldida matlar qo’yiladi. Rahbarning 
bo’yrug’idan keyin jamoalardagi birinchi turganlar 
yakkacho’pgacha yugurib boradilar, uning ustidan 
oshib o’tadi, gimnastik narvonchaga yugurib boradi va 
unga chiqadi, yuqoridagi cho’pga qo’lini tekizadi va 
qaytib tushadi. Orqaga qaytib yana yakkacho’pdan 
sakrab o’tib, o’z qatori oldida turgan o’yinchining 
qo’liga urib, o’zi qator oxiriga borib turadi. Hamma 
o’yinchilar shu vazifani bajaradilar. Birinchi bo’lib 
tugatgan jamoa g’olib hisoblanadi. 
O’yin qoidalari. 1. Mashqni bajarib kelgan o’yinchi 
o’ng qo’li bilan navbatdagi o’yinchining chap qo’liga 
urib, o’zi safning chap tomonidan oxiriga borib turadi. 
2. Narvonga tirmashib chiqqanda, uni yuqorisigacha 
chiqishi va oxirgi cho’pga qo’lini tekizishi shart. 
9. Bir oyoqda sakrab ushlash.
 

O’yin tavsifi. Ushlovchi-o’yinboshi tayinlanadi. 
Qolgan o’yinchilar belgilangan maydonda tarqalib, 
joylashadilar. Rahbarning bo’yrug’idan keyin, 
o’yinboshi “Men ushlovchiman” deb, bir oyoqda 
sakrashni boshlaydi va o’yinchilarni quvlab, ularni 
ushlashga harakat qiladi. O’yinchilar ushlovchidan 
qochib, belgilangan maydon bo’ylab yugurib 
yuradilar. Ushlovchi tomonidan ushlangan o’yinchi 
yangi o’yinboshi, ushlovchi bo’ladi. Yangi ushlangan 
o’yinchi ham “Men ushlovchima” deb o’yinchilarni 
bir oyoqda sakrab, quvlay boshlaydi. Oldingi 
o’yinboshi esa o’yinchilarga qo’shilgan holda 
maydonda qochib yugurib yuradi. O’yin shu tarzda 
davom etadi. Biror marta ham ushlovchi bo’lmagan 
o’yinchi g’olib bo’ladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling