5. To’pni savat yoki yashikka tushirish.
O’yin tavsifi. O’yinchilar bittadan 3-4 qatorga
saflanadilar. Qatorlarning soniga qarab, ulardan 3-4
metr nariga ustunchalarga shuncha savat (kattaligi 50
sm) yoki yashik o’rnatiladi. Qatorlarda birinchi bo’lib
turganlarning oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi va
ularga bittadan to’p beriladi. Rahbarning ishorasidan
song, qatorlar boshida turgan o’yinchilar to’plarini
uloqtirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Keyin
to’pni olib kelib navbatdagi o’yinchiga beradilar va
o’z qatorlari oxiriga borib turadilar. Savatga ko’proq
to’p tushirgan guruh g’olib hisoblanadi.
O’yin qoidalari. 1. To’pni savatga tashlashda
chiziqni bosmaslik kerak. Aks holda savatga tushgan
to’p inobatga olinmaydi. 2. To’pni olgan o’yinchi uni
qaytib olib, keying o’yinchiga o’zi berishi kerak.
6. To’pni raketkada olib yurish.
O’yin tavsifi. O’yinchilar ikki guruhga bo’linib,
o’zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qatorlar
oldidan start chizig’I o’tkaziladi. Bu chiziqdan 12-15
metr nariga to’p qo’yiladi. Birinchi turgan
o’yinchilarning qo’llarida raketka va bittadan stol
tennisining to’pi bo’ladi. Rahbarning ishorasidan
keyin, birinchi turgan o’yinchilar raketka bilan to’pni
urib-urib marragacha boradilar. Shundan so’ng Orqaga
qaytib, raketka va to’pni keying o’yinchiga beradilar.
Ikkinchi o’yinchilar esa uchinchilariga va hokao. Bu
mashqni xatosiz, tez va aniq bajargan guruh yutgan
hisoblanadi. Agar o’yinchi raketka ustidan to’pni
tushirib yuborsa, uni qayta olib, o’yinni to’pni tushirib
yuborgan joydan davom ettiradi.
O’yin qoidalari. 1. O’yinchilar guruhlarga
bo’linganida ularning jismoniy tayyorgarligi o’zaro
teng bo’lishi lozim. 2. O’yinchi raketka ustidan
to’pchani tushirib yuborsa, bitta jarima ochkosi
yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |