Dars konspekti №1 Mavzu


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

 


Dars konspekti № 2 
Mavzu: 
Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishni o’rgatish. Maktabgacha 
ta’lim, umumta’lim, akademik letsey va kasb - hunar maktablari o’quvchilari ucun 
o’yinlar. (Samolyotlar, Koptokni quvib yet, Qopqon, Qo’l keldi, Qo’riqchilar va 
chegarachilar,To’p doiraga, To’pni xalqaga tushir, Tirsaklarda olishish) 
Dars qismi 
Mazmuni 
Me’yor 
 
Tashkiliy uslubiy ko’rsatma 
Tayyorlov 
qismi 
15’ 
Saflanish, raport qabul qilish, yo’qlama qilish, dars 
vazifasi bilan tanishtirish. 
Saf mashqlari; o’ngga, chapga, orqaga burilishlar, 
joyida turib yurish. Maydon bo’ylab yurish mashqlari: 
oyoq uchida, tovonda, oyoqning tashqi yon tomoni 
bilan, ichki yon tomoni bilan, tovondan oyoq uchiga 
ko’tarilgan holatda va oddiy holatda yurishlar. 
Yugurish mashqlari: to’g’riga oldinga qarab, o’ng yon 
tomon bilan qadamlab, chap yon tomon bilan 
qadamlab, orqa bilan oldinga, oddiy yugurish
tizzalarni yuqoriga ko’tarib, tovonlarni ortda yuqoriga 
ko’tarib, oyoq uchlarini oldinga yuqoriga ko’tarib, ilon 
izi bo’ylab yugurish, tezlanib va oddiy holatdagi 
yugurishlar. Yurishga o’tish, nafas rostlovchi 
mashqlar. U.R.M.ga qayta saflanish. U.R.M. safda 
15’ 
Sport kiyimiga ahamiyat 
berish. Darsda qo’yilgan 
vazifalarni ketma-ket to’g’ri 
bajarishga ahamiyat berish. 
Mashqlar harakatda 
kolonnada safda bajariladi. 
Mashqlarni bajarishda xato 
bajargan bolalarga
ko’rsatmalar berib to’g’rilab 
borish.
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni bir qatorda turib 
harakatda bajaradilar. 
Asosiy 
qism 
55’-60’ 
1. Cho’qqayib o’tirib ol.
O’yin tavsifi. Maydoncha chiziq bilan chegaralanib 
qayergacha yugurish mumkinligi aniq ko’rsatilgan 
bo’ladi. Bitta quvlovchi tayinlanadi. Qolgan 
o’yinchilar uning atrofida aylana hosil qilib turadilar. 
Quvlovchi “Bir, ikki, uch”, deganda hamma har 
tomonga qochib ketadi va quvlovchi ularni quvlay 
boshlaydi. Quvlovchi biron o’yinchini tutay deganda 
o’yinchi choqqayib o’tirib olsa, quvlovchi u o’yinchini 
tutmaydi. Quvlovchi quvlashni davom ettiradi. O’yin 
shu zaylda davom etadi. O’yinni istalgan vaqtgacha 
davom ettirish mumkin. 
O’yin qoidalari. 1. Faqat 5 soniya cho’qqayib o’tirish 
mumkin. 2. Cho’qqayib o’tirishga ulgurgan o’yinchini 
tutish mumkin emas. 3. Tutilgan o’yinchi to’xtaydi va 
qo’lini yuqoriga ko’tarib, “Men quvlovchiman!”-deb 
aytadi. Keyin u o’yinchilarni tutishga kirishadi.
2. Samolyotlar. 
Bolalar samolyotda o’tirgan o’quvchilarni ifoda 
etadilar. Ular maydonchaning har - yer, har – yerida 
turadilar. Tarbiyachi “Uchishga tayyorlaning!” 
deganda, qo’llarini tirsakdan bukib, oldilarida 
aylantiradilar, ya’ni motorni ishga soladilar. 
“Uchinglar!” deganda qo’llarini yon tomonlariga 
uzatib, maydoncha bo’ylab tarqalib yuguradilar. 
“Qo’ning!” deganda samolyotlar to’xtab, yerga 
qo’nadi (bolalar bitta tizzasini yerga qo’yib 
cho’nqayadilar). O’yin 5-6 marta takrorlanadi. O’yinni 
biroz murakkablashtirish mumkin. Buning uchun 
bolalar 3-4 guruhga bo’linadilar.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling