Dars konspekti №1 Mavzu


Qo’riqchilar va chegarachilar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

6. Qo’riqchilar va chegarachilar. 
O’yinga tayyogarlik. O’yinchilar ikkita teng jamoaga
“Qo’riqchilar va Chegarachilar”ga bo’linib, 
maydonning ikki tomoniga bir-birlaridan 10-15 m 
masofa narida saflanadilar. Maydon o’rtasiga 
jamoalardan barobar uzoqlikda doiralar chiziladi. 
Bularga to’plar yoki bayroqchalar qo’yiladi. 
O’yinning tavsifi. Rahbarning ishorasiga binoan 
maydonning o’rtasidagi to’p tomon bitta qo’riqchi va 
bitta chegarachi chiqadi. Chegarachi qo’riqchini 
chalg’itib, to’pni o’z tomoniga olib qochish maqsadida 
har xil harakatlarni bajaradi. Qo’riqchi chegarachining 
harakatlarini aynan bajarish bilan birga to’pni ham 
kuzatib turishi lozim. Agar chegarachi to’pni olib, oz 
tomoniga qarab yugursa, qo’riqchi uni tutib, asir 
olishga harakat qiladi. To’p olib qochayotgan 
chegarachini tuta olmagan qo’riqchining o’zi uning 
asiri bo’lib qoladi. Asir bo’lgan o’yinchi o’z 
g’olibining orqasida turadi. Raqib o’yinchilarini 
ko’proq asir olgan jamoa g’olib chiqadi. Shundan 
so’ng jamoalar o’z vazifalarini almashadilar va o’yin 
davom ettiriladi. Eng ko’p asir to’shirgan jamoa 
o’yinda g’olib bo’ladi. 
O’yin qoidasi. 1. Maydon o’rtasidagi to’pga tomon 
faqat rahbarning ishorasidan so’ng harakat qilish 
mumkin. 2. Chegarachining hamma harakatlarini 
bajarmagan qo’riqchi mag’lubiyatga uchragan bo’lib 
hisoblanadi. 3. To’p bilan qochayotgan chegarachini 
faqat o’z chizig’igacha tutish mumkin. 
7. To’p doiraga. 
O’yin mazmuni: Maydonda diametri 1m. kenglikda 
yonma-yon ikkita doira chiziladi va unda 4-5 ta 
basketbol to’pi qo’yiladi. 10-15 m. uzoqlikda 
o’yinchilar teng ikki qatorga tizilib turishadi. 
O’qituvchining ruxsati bilan o’yinchilar to’plarni olib 
kelib, ikkinchida turgan o’yinchiga beradi va kolonna 
oxiriga borib turadi. U esa to’plarni doiraga olib borib 
qo’yadi va qaytib kelib navbatdagi o’yinchiga qo’lini 
berib, o’zi kolonna oxiriga borib turadi. O’yin shu 
tariqa davom etadi. Qaysi jamoa oldin tugatsa g’olib 
8’ 
8’ 
Bu 
o’yinda 
qisqa-qisqa 
yugurish 
malakasi 
hosil 
qilinadi. 
Bu 
o’yinda 
bolalarda: 
epchillik, 
chaqqonlik, 
tezkorlik sifatlari rivojlanadi. 


bo’ladilar. To’plarni qo’llaridan tushirib yuborgan 
o’yinchilar jarima ochkosini oladilar. Kam jarima 
ochko olgan guruh yutgan hisoblanadi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling