O’qituvchi G.A.Artikovaning «Chiziqli tenglamalr sistemalari. Birinchi darajali tenglamalar sistemasining matritsaviy yozuvi va matritsaviy yechilishi. Gauss usuli. Matritsa va ular ustida amallar. Determinantlar va ularning xossalari. Kramer formulalari» mavzusidagi amaliy mashg‘ulot uchun
DARS LOYIHASI
Amaliy mashg’ulot o’qitishning texnologiyasi
Vаqti –2 sоаt
|
Tаlаbаlаr sоni: nаfаr
|
O’quv mаshg’ulоtining shаkli
|
Amаliy mаshg‘ulоt
|
Amаliy mаshg‘ulоt rеjаsi:
|
Tanishish, yo’qlama; mavzu, baholash talablari e’loni.
Talabalarni kichik guruhlarga ajratish.
Kichik guruhlarda ishlash:
tarqatma material berilishi;
guruhlarda savol-javob o’tkazilishi;
mavzu tushunchalari bo’yicha klaster tuzish;
mavzu bo’yicha misollarni ishlash.
4. Kichik guruhlar himoyasi.
5.Nazorat-baholash, uy vazifa berish.
|
O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi: talabalarda chiziqli tenglamalr sistemalari, birinchi darajali tenglamalar sistemasining matritsaviy yozuvi va matritsaviy yechilishi, Gauss usuli, matritsa va ular ustida amallar, determinantlar va ularning xossalari, Kramer formulalarini qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, yakka tartibda mustaqil ishlash, hamkorlikda o‘zaro yordam ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirish.
|
Pеdаgоgik vаzifаlаr:
Talabalarga hamlorlikda tarqatma material bilan ishlash texnikasini tushuntiradi.
Talabalarga klaster tuzish qoidasini, talablarini tushuntiradi.
“Chiziqli tenglamalar sistemasi” tushunchasiga klasterni tuzish va o‘zaro nazorat jarayonini kichik guruhlarda tashkil etadi.
Chiziqli tenglamalar sistemasini hisoblashga, matritsalar ustida amallarni bajarishga, determinantlarni hisoblashga oid talabalarning guruhda va individual ishini tashkil etadi.
Kichik guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.
Uyga vazifa va uni bajarish. yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.
|
O’quv fаоliyatining nаtijаlаri:
Tаlаbа:
Tarqatma material bilan ishlashni hamkorlikda tashkil etishni o’rganishadi.
Klasterni tuzish qoidasini bilib oladilar.
Chiziqli tenglamalar sistemasi tushunchasi bilan bog‘liq so‘z, tushunchalari faollashadi, eslaydilar.
Chiziqli tenglamalar sistemasini hisoblashga, matritsalar ustida amallarni bajarishga, determinantlarni hisoblashga oid misollarni yechishni hamkorlikda va individual o‘rganadi.
O‘z xulosalarini jamoaga asoslab beradi
Chiziqli tenglamalar sistemasini hisoblash formulalarini, matritsalar ustida amallarni bajarishni biladi.
Uyga vazifa oladi.
|
O’qitish uslubi vа tехnikаsi
|
Tushuntirish, savol-javob, klaster, individual ish, jamoada, kichik guruhlarda hamkorlikda ish, o‘zaro nazorat.
|
O’qitish vоsitаlаri
|
Proektor, tarqatma materiallar, doska, darslik.
|
O’qitish shаkli
|
Individual, kichik guruhlarda, jаmоаdа
|
O’qitish shаrt-shаrоiti
|
AKT, doska bilаn jihоzlаngаn аuditоriya
|
Do'stlaringiz bilan baham: |