Дарс мавзуси: Икки паллали молюскалар синфи. Дарснинг таълимий мақсади
Download 40.05 Kb.
|
Jamil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Дарснинг тарбиявий мақсади
- Дарснинг ривожлантирувчи мақсади
- Дарсда фойдаланиладиган технология
Дарс мавзуси: Икки паллали молюскалар синфи. Дарснинг таълимий мақсади: Ўқувчиларни икки паллали молюскалар синфи вакилларининг тузилиши, ҳаёт кечириши, умумий хусусиятлари билан таништириш. Дарснинг тарбиявий мақсади: Ўқувчиларни икки паллали молюскалар синфи вакилларининг тузилиши, ҳаёт кечириши, умумий хусусиятлари билан таништириш, уларнинг фойдаси ва зарарини тушунтириш орқали илмий дунёқарашини кенгайтириш, гигеник ва экологик тарбия бериш. Дарснинг ривожлантирувчи мақсади: Ўқувчиларнинг тирик организмларнинг хилма-хиллиги ҳақидаги билимларини, дарслик устида мустақил ишлаш кўникмаларини ривожлантириш. Дарсни жиҳозлаш: икки паллали молюскалар синфи вакилларининг тузилиши акс этган жадваллар. Дарсда фойдаланиладиган технология: Ҳамкорликда ўқитиш технологияси (Кичик гуруҳларда ижодий изланишларни ташкил этиш методи) Дарснинг бориши: I. Ташкилий қисм II. Ўқувчиларни дарс мавзуси, мақсади, бориши билан таништириш ва уларнинг фаолиятини ўқув топшириқларини бажаришга йўллаш. III. Янги мавзуни ўрганиш а) кичик гуруҳлар томонидан белгиланган ўқув топшириқларини сифатли бажарилишига эришиш. Ўрганиладиган мавзу бўйича ўқувчиларнинг мустақил иш топшириқлари тузилади: Ўқув топшириқлари
б) кичик гуруҳлар ёрдамида ўқув материалининг яхлит ҳолда қайта ишлаб чиқилишини амалга ошириш. V. Янги мавзу юзасидан ўқувчилар ўртасида савол-жавоб, ўқув баҳси уюштириш. VI. Ўқувчилар билимини тест топшириқлари ёрдамида назорат қилиш ва баҳолаш. VII. Янги мавзуни қайта ишлаш ва якунлаш. VIII. Уйга вазифа бериш. “Ekologiya fani va uning vazifalari.O’rganish usullari ” мавзусидаги ҳамкорликда ўқитиш технологиясининг командада ўқитиш методидан фойдаланилган дарснинг технологик харитаси
VII-B O B. EKOLOGIYA ASOSLARI. ATAMALAR LUG’ATI (S=72) 1.Ekologiya fani organizmlarni qanday tuzilish darajalarida o’rganadi? A)Gen, organizm, populyatsiya, to’qima B)Organizm, populyatsiya, tur, biotsenoz S)Populyatsiya, tur, biogeotsenoz, biosfera D)Populyatsiya, gen, hujayra, to’qima 2.Soyasevar o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi? A)O’rmonlarda o’sadigan paporotniklar, moxlar B)Yovvoyi piyozlar, lolalar S)Qayin, qarag’ay, eman daraxtlari D)Eman daraxtlari, o’rmon yertuti, binafsha 3.Ayrim bir turga mansub bo’lgan organizmlar yoki populyatsiyalarning o’zaro va muhit bilan munosabatlarini qaysi fan o’rganadi? A)Tarixiy B)Evolyutsion S)Sinekologiya D)Autekologiya 4.TMXIning ko’rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar 5 ta kate-goriyaga bo’linadi. Shundan II kategoriyaga qanday hayvonlar turi kiritilishini ko’rsating? A)Soni hali ancha ko’p, lekin yildan yilga juda tez kamayib borayotgan, yaqin yillarda yo’qolib ketish xavfi tug’ilishi mumkin bo’lgan turlar B)Maxsus choralar ko’rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bo’ladigan turlar. Ammo hali ularni ovlash mumkin emas va ularning populyatsiyalarini doimo nazorat qilib borishi zarur S)Yo’qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar ko’rilgandagina asrab qolish mumkin bo’lgan turlar D)Biologiyasi hali yetarli o’rganilmagan turlar. Ularning soni va holati bezovtalantirmaydi, lekin ular to’g’risida ma’lumotlar yetarli bo’lmagani uchun “Qizil kitob”ga kiritiladi 5.Sinoykiya nima va unga tegishli javobni aniqlang? A)O’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi - og’iz amyobasi yashashi B)O’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Masalan, suvo’tlar bilan zamburug’larning o’zaro munosabatlarini S)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli - baqachanoqning mantiya bo’shlig’iga qo’yishi D)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi - og’iz amyobasi yashashi 6.Quyidagi qaysi organizmlar sonining ma’lum yillarda davriy o’zgarishi aniqlangan? A)Baqalar,kaltakesaklar,dala sichqonlari, chigirtkalar B)To’ng’zlar, kaltakesaklar, chigirtkalar S)Baqalar, qurbaqalar, dala sichqonlari, chigirtkalar D)Olmaxonlar, dala sichqonlari, chigirtkalar 7.Populyatsiyalarda yosh va qari individlar nisbatiga qarab qanday populyatsiyalar farq qilinadi? A)O’sayotgan, barqaror yoki kamayib borayotgan populyatsiyalar B)Tizimli, o’sayotgan, barqaror populyatsiyalar S)Tizimli, barqaror yoki kamayib borayotgan populyatsiyalar D)Tabiiy, sun’iy, barqaror yoki kamayib borayotgan populyatsiyalar 8.Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan harakatlanishda foyda-lanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi? Ushbu misol organizmlarning o’zaro munosabatlari qanday turiga mansub? A)Simbioz,hamtovoqlilik B)Antogonizm,o’zaro raqobat S)Simbioz, mutualism D)Antogonizm,parazitizm 9.Biogeotsenozning biotik qismini aniqlang? 1)Klimatotop;2)Fitotsenoz;3)Edafotop;4)Tuproq;5)Zootsenoz;6)Mikrobiotsenoz. A)2,5,6 B)1,2,3 S)2,3,5 D)1,3,4 10.Suksetsiyalarni qanday turlarga bo’lishi mumkin? A)Birlamchi va ikkilamchi B)Ikkilamchi va uclamchi S)Birlamchi va qayta tiklngan D)Tabiiy va sun’iy 11.TMXIning ko’rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar 5 ta kate-goriyaga bo’linadi. Shundan IV kategoriyaga qanday hayvonlar turi kiritilishini ko’rsating? A)Noyob turlar, ularning ayni vaqtda yo’qolib ketish xavfi yo’q, ammo ularning soni uncha ko’p emas yoki ular juda kam hududlarda tarqalgan. B)Maxsus choralar ko’rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bo’ladigan turlar. S)Yo’qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar ko’rilgandagina asrab qolish mumkin bo’lgan turlar D)Biologiyasi hali yetarli o’rganilmagan turlar. Ularning soni va holati bezovtalan-tirmaydi, lekin ular to’g’risida ma’lumotlar yetarli bo’lmagani uchun “Qizil kitob”ga kiritiladi 12.1966-yilda xalqaro “Qizil kitob” nashr etildi. O’sha vaqtlardagi “Qizil kitob”larga quyidagi qaysi hayvonlardan 141 tur, 41ta tur, 94 ta turi kiritilganligini aniqlang? A)Qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar B)Sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar S)Qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar D)Sudralib yuruvchilardan, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar 13.Geterotrof organizmlar berilgan javobni belgilang? 1)Hayvonlar; 2)Osimliklar; 3)Odam; 4)Zamburug’lar; 5)Edafotop. A)1,2,3 B)2,4,5 S)3,4,5 D)1,3,4 14.Keng bargli o’rmonning birinchi yarusini yorug’sevar daraxtlar (qaysi o’simlik-lar); ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorug’sevar daraxtlar (qaysi o’simliklar) tashkil qiladi? A)Eman, shumtol; zarang, chetanB)Kalina; zarang, chetan S)Eman, shumtol; kalina D)Kalina; paporotniklar, gulxayri qirqbo’g’in 15.Suv havzalaridagi oziq zanjirini tartb bilan berilgan javobni ko’rsating? A)Fitoplankton-mayda baliqlar-zooplankton-yirik baliqlar B)Zooplankton-fitoplankton-mayda baliqlar-yirik baliqlar S)Fitoplankton-zooplankton-mayda baliqlar-yirik baliqlar D)Fitoplankton-zooplankton-yirik baliqlar-mayda baliqlar 16.Birlamchi suksetsiyaqanday hosil bo’ladi? A)Biogeotsenozning barqaror, o’z-o’zini yangilay oladigan va muhit bilan muvoza-natda bo’lgan holati B)Hayot bo’lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishidir S)Uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsulidir D)Yong’in, qurg’oqchilik, o’rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o’rniga yangisining rivojlanishi 17.Arktik adaptiv tipga xos belgilar berilgan javobni aniqlang? A)Tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kamligi, oyoq va qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p bo’lishi hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir B)Tananing suyak-muskul sistemasining miqdori, balandligi, qonda oqsil, yog’lar-ning ko’p miqdorda bo’lishi va boshqalar kiradi S)Issiqlik ko’p ajralishi, ter bez-larining yaxshi rivojlanishi, suvning ko’p iste’mol qilinishi xarakterlidir D)Moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar ko’p bo’lishi kuzatiladi 18.TMXIning ko’rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar 5 ta kate-goriyaga bo’linadi. Shundan I kategoriyaga qanday hayvonlar turi kiritilishini ko’rsating? A)Noyob turlar, ularning ayni vaqtda yo’qolib ketish xavfi yo’q, ammo ularning soni uncha ko’p emas yoki ular juda kam hududlarda tarqalgan B)Maxsus choralar ko’rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bo’ladigan turlar S)Yo’qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar ko’rilgandagina asrab qolish mumkin bo’lgan turlar D)Biologiyasi hali yetarli o’rganilmagan turlar 19.Kommensalizmnima va unga tegishli javobni aniqlang? A)O’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi-og’iz amyobasi yashashi B)O’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Masalan, suv o’tlar bilan zamburug’larning, dukkakli o’simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalarning, daraxtlar bilan tuproqda mikorizazamburug’larining o’zaro munosabatlarini S)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli-baqachanoqning mantiya bo’shlig’iga qo’yishi D)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi-og’iz amyobasi yashashi 20.Ikkilamchi suksetsiyaqanday hosil bo’ladi? A)Biogeotsenozning barqaror, o’z-o’zini yangilay oladigan va muhit bilan muvozanatda bo’lgan holati B)Hayot bo’lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishidir S)Uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsulidir D)Yong’in, qurg’oqchilik, o’rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o’rniga yangisining rivojlanishi 21.Biogeotsenozning abiotik qismini aniqlang? 1)Klimatotop;2)Fitotsenoz;3)Edafotop;4)Tuproq;5)Zootsenoz;6)Mikrobiotsenoz. A)2,5,6 B)1,2,3 S)2,3,5 D)1,3,4 22.Yorug’sevar o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi? A)O’rmonlarda o’sadigan paporotniklar, moxlar B)Yovvoyi piyozlar, lolalar S)Qayin, qarag’ay, eman daraxtlari D)Eman daraxtlari, o’rmon yertuti 23.Keng bargli o’rmonning uchinchi yarusini har xil butalar (qaysi); to’rtinchi yarusini o’tsimon o’simliklar (qaysi) tashkil qiladi? A)Eman, shumtol; zarang, chetan B)Kalina; zarang, chetan S)Eman, shumtol; kalina D)Kalina; paporotniklar, gulxayri qirqbo’g’in 24.Simbioz-ijobiy o’zaro bog’lanishlar bo’lib, uning qanday asosiy shakllari mavjudligini belgilang? A)Konkurensiya, hamsoyalik, o’zaro raqobat B)Mutualizm, hamsoyalik, kommensalizm S)O’zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik D)Mutualizm, konkurensiya, hamtovoqlik 25.Klimaksli biogeotsenoz berilgan javobni aniqlang? A)Biogeotsenozning barqaror, o’z-o’zini yangilay oladigan va muhit bilan muvo-zanatda bo’lgan holati B)Hayot bo’lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishidir S)Uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsuli D)Yong’in, qurg’oqchilik, o’rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o’rniga yangisining rivojlanishi 26.Antogonizm, salbiy bog’lanish bo’lib, ularni qanday shakllari mavjudligini belgilang? A)Konkurensiya, hamsoyalik, o’zaro raqobat B)Mutualizm, hamsoyalik, kommensalizm S)O’zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik D)Mutualizm, konkurensiya, hamtovoqlik 27.Organizmlarning o’zaro munosabatlariqaysibog’lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo’lganini aniqlang? 1)Neytralizm; 2)Antibioz; 3)Simbioz; 4)Sonsibioz. A)1,2 B)3,4 S)2,3 D)1,3 28.Tabiiy ekosistemalarga quyidagi javoblardan qaysinisini misol qilib keltirish mumkin?1)Hovuzlar;2)Agroekosistemalar;3)Dengizlar;4)Urbanoekosistemalar;5)Chakalakzorlar;6)O’rmonlar;7)O’tloqlar;8)Kosmik ekosistemalar. A)1,2,3 B)2,3,4 S)3,5,7 D)5,6,8 29.1966-yilda xalqaro “Qizil kitob” nashr etildi. O’sha vaqtlardagi “Qizil kitob”larga qaysi organizmlarning 321 tur, 485ta tur, 141ta tur kiritilgan? A)Qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar B)Sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar S)Qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar D)Sudralib yuruvchilardan, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar 30.Quyidagi qaysi cho’l hayvonlarida uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni ta’min-lovchi mexanizmlar rivojlangan? A)Jayra va tovushqonlar B)Tuyalar, sayg’oqlar S)Sayg’oqlar va tapirlar D)Tuyalar va jayralar 31.Biotsenoz quyidagi qanday asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 1)Destruktorlar;2)Produtsentlar; 3)Edafotoplar; 4)Konsumentlar;5)Klimatotoplar; 6)Redutsentlar. A)1,2,3 B)1,2,4 S)3,4,5 D)4,5,6 32.Quruqlikda o’rmon hosil bo’lishi suksetsiyasini tartib bilan qanday ifodalash mumkin? A)Yalang’och yer lishayniklar-suv o’tlari-moxlar-o’tlar-butazorlar-daraxtlar (o’r-mon) klimaksli biogeotsenoz B)Yalang’och yer lishayniklar- suv o’tlari-moxlar-paporotniklar- o’tlar-butazorlar-daraxtlar (o’rmon)-klimaksli biogeotsenoz S)Yalang’och yer lishayniklar- suv o’tlari-paporotniklar-o’tlar- butazorlar-daraxtlar (o’rmon)- klimaksli biogeotsenoz D)Yalang’och yer-suv o’tlari- moxlar-paporotniklar-o’tlar- butazorlar-daraxtlar (o’rmon)- klimaksli biogeotsenoz 33.Ekologik sistemalarning sayyoramizda hayot kelib chiqishi bilan birga o’zgarish-larini, biosferaning evolutsiyasiga insonning ta’siriniqaysi fan o’rganadi? A)Tarixiy B)Evolyutsion S)Sinekologiya D)Autekologiya 34.Bir organizm o’z o’ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, bu munosabat ko’pincha o’ljaning o’limi bilan tugaydi? Ushbu misol organizm-larning o’zaro munosabatlari qaysi turiga mansub? A)Simbioz, kommensalizm B)Antogonizm,o’zaro raqobat S)Simbioz, mutualizm D)Antogonizm,yirtqichlik 35.TMXIning ko’rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar 5 ta kate-goriyaga bo’linadi. Shundan III kategoriyaga qanday hayvonlar turi kiritilishini ko’rsating? A)Noyob turlar, ularning ayni vaqtda yo’qolib ketish xavfi yo’q, ammo ularning soni uncha ko’p emas yoki ular juda kam hududlarda tarqalgan B)Maxsus choralar ko’rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bo’ladigan S)Yo’qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar ko’rilgandagina asrab qolish mumkin bo’lgan D)Biologiyasi hali yetarli o’rganilmagan 36.Sahro, yarim sahro, cho’l adaptiv tipiga xos belgilar berilgan javobni aniqlang? A)Tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kamligi, oyoq va qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p bo’lishi hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir B)Tananing suyak-muskul sistemasining miqdori, balandligi, qonda oqsil, yog’lar-ning ko’p miqdorda bo’lishi va boshqalar kiradi S)Issiqlik ko’p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning ko’p iste’mol qilinishi xarakterlidir D)Moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar ko’p bo’lishi kuzatiladi. 37.Ekosistemalarni qanday xili bo’lishi mumkin? A)Birlamchi va ikkilamchi B)Ikkilamchi va uclamchi S)Birlamchi va qayta tiklngan D)Tabiiy va sun’iy 38.Biogeotsenozlarnima? A)Biogeotsenozning barqaror, o’z-o’zini yangilay oladigan va muhit bilan muvoza-natda bo’lgan holati B)Hayot bo’lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishi S)Uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsuli D)Yong’in, qurg’oqchilik, o’rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o’rniga yangisining rivojlanishi 39.Zamburug’lar antibiotiklar ta’sirida mikroorganizmlar o’sishini to’xtatib qo’yadi. Ushbu misol organizmlarning o’zaro munosabatlari qaysi turiga mansub? A)Simbiozkommensalizm B)Antogonizm,o’zaro raqobat S)Simbioz, mutualizm D)Antogonizm,parazitizm 40.Insoniyat sivilizatsiyasi va texnologiyasining rivojianishi natijasidagi ekologik o’zgarishlarni neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha qaysi fan o’rganadi? A)Tarixiy B)Evolyutsion S)Sinekologiya D)Autekologiya 41.Og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi-og’iz amyobasi yashaydi. U og’iz bo’shlig’idagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi, hech qanday zararli ta’sir ko’rsat-maydi? Ushbu misol organizmlarning o’zaro munosabatlari qaysi turiga mansub? A)Simbioz,kommensalizm B)Antogonizm,o’zaro raqobat S)Simbioz, mutualizm D)Antogonizm,parazitizm 42.Sun’iy ekosistemalarga quyidagi javoblardan qaysinisini misol qilib keltirish mumkin?1)Hovuzlar; 2)Agroekosistemalar; 3)Dengizlar; 4)Urbanoekosistemalar; 5)Chakalakzorlar; 6)O’rmonlar; 7)O’tloqlar; 8)Kosmik ekosistemalar. A)1,2,3 B)3,5,7 S)2,4,8 D)5,6,8 43.Soyaga chidamli o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi? A)O’rmonlarda o’sadigan paporotniklar, moxlar B)Yovvoyi piyozlar, lolalar, o’rmon yertuti, binafsha S)Qayin, qarag’ay, eman daraxtlari D)Eman daraxtlari, o’rmon yertuti, binafsha, lolalar 44.Populyatsiyaga tashqi muhit omillari yigindisining ta’sirini o’rganuvchi metod? A)Dala B)Evolutsion S)Modellashtirish D)Matematik-statistik 45.Quyidagi turlardan yo’qolib ketganlarini aniqlang? A)Qilquyruq, Turon yo’lbarsi B)Mamontlar, ko’rgalak S)G’or arsloni, g’or ayig’i D)Steller sigiri, Kostroma qora moli 46.Kecha-kunduz bioritmlariga qaysi javobni misol qilib keltirish mumkin? A)O’simliklarda fitonsidning ajralishi, bug’doy rangining irsiylanishi, barglarning to’kilishi hayvonlarda harakatning, gormonlar sekretsiyasining, hujayra bo’linishi tezligining o’zgarishlarini B)O’simliklarda fotosintezning o’zgarishini, hayvonlarda harakatning, gormonlar sekretsiyasining, hujayra bo’linishi tezligining o’zgarishlarini S)O’simliklarda fotosintezning o’zgarishini, hayvonlarda harakatning, gormonlar sekretsiyasining, hujayra bo’linishi tezligi, hayvonlar junining almashinishi D)O’simliklarda fotosintezning o’zgarishini, bargining to’kishi, hayvonlar junining almashinishi, hayvonlar harakatning, gormonlar sekretsiyasining, hujayra bo’lini-shi tezligining o’zgarishlarini 47.Tog’ adaptiv tipiga xos belgilar berilgan javobni aniqlang? A)Tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kamligi, oyoq va qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p bo’lishi hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir B)Tananing suyak-muskul siste-masining miqdori, balandligi, qonda oqsil, yog’’larning ko’p miqdorda bo’lishi va boshqalar kiradi S)Issiqlik ko’p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning ko’p iste’mol qilinishi xarakterlidir D)Moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar ko’p bo’ladi 48.Har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o’zaro va muhit bilan munosabatlarini qaysi fan o’rganadi? A)Tarixiy B)Evolyutsion S)Sinekologiya D)Autekologiya 49.Produsentlar qanday organizmlar? A)Hosil qiluvchilar B)Parchalovchilar S)Iste’mol qiluvchilar D)Tahlil qiluvchilar 50.Ekologiya fanining o’rganish predmetlarini ko’rsating? A)Gen, organizm, populyatsiya, to’qima B)Organizm, populyatsiya, tur, biotsenoz S)Populyatsiya, tur, biogeotsenoz, biosfera D)Populyatsiya, gen, hujayra, to’qima 51.Mutualizmnima va unga tegishli javobni aniqlang? A)O’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi-og’iz amyobasi yashashi B)O’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Masalan, daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug’larining o’zaro munosabatlari S)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli baqachanoqning mantiya bo’shlig’iga qo’yishi D)O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi-og’iz amyobasi yashashi 52.O’z-o’zini boshqara oladigan sistema berilgan javobni aniqlang? A)Biotsenoz B)Populyatsiya S)Fototropizm D)Biogeotsenoz 53.TMXIning ko’rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar 5 ta kate-goriyaga bo’linadi. Shundan V kategoriyaga qanday hayvonlar turi kiritilishini ko’rsating? A)Noyob turlar, ularning ayni vaqtda yo’qolib ketish xavfi yo’q, ammo ularning soni uncha ko’p emas yoki ular juda kam hududlarda tarqalgan B)Maxsus choralar ko’rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bo’ladigan turlar. Ammo hali ularni ovlash mumkin emas va ularning populyatsiyalarini doimo nazorat qilib borishi zarur S)Yo’qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar ko’rilgandagina asrab qolish mumkin bo’lgan turlar D)Biologiyasi hali yetarli o’rganilmagan turlar 54.Negroidlar uchun xarakterli belgilar berilgan javobni aniqlang? A)Tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kamligi, oyoq va qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p bo’lishi hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir B)Tananing suyak-muskul sistemasining miqdori, balandligi, qonda oqsil, yog’lar-ning ko’p miqdorda bo’lishi va boshqalar kiradi S)Issiqlik ko’p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning ko’p iste’mol qilinishi xarakterlidir D)Moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar ko’p bo’lishi kuzatiladi 55.Quyidagi turlardan yo’qolib ketgmaganlarini aniqlang? A)Qalin junli karkidonlar, g’or arsloni B)Mamontlar, gegant bug’ilar S)G’or arsloni, g’or ayig’i D)Laqay, Kostromalar 56.Antropoekologik sistemalarning tabiiy sistemalardan asosiy farqi berilgan javobni aniqlang? A)Uning tarkibida parazit organizmlarningmavjudligidir B)Uning tarkibida odamlar jamoalariningmavjudligidir S)Flora va faunaning xilma-xil bo’lishidir D)Turlar soninig o’zgarmas holatda bo’lishidir 57.Yer fizik muhiti bilan turg’un munosabatda, quyosh bilan energiya almashinish holatida bo’lgan. Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi berilgan javobni aniqlang? A)Biom yoki biosenozni B)Ekotop yoki biosenozni S)Abiotik va biotik omillarni D)Biosferani yoki ekosistemani 58.Yorug’likning hayvonlar uchun asosan qanday ahamiyati mavjuddir? A)Fermentativ B)Katalitik S)Informativ D)Biosintetik 59.Tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari nima deyiladi? A)Ekologik omillar B)Biosenozlar S)Biogeosenozlar D)Biomlar 60.Turning yaxlitliligi nimaga bog’liq? A)Tur individlari orasidagi erkin urchish xususiyatining mavjudligiga B)Turning areal bo’ylab tarqalishi va har xil tur individlari o’rtasidagi munosa-batlarga S)Tur mezonlarining xilma- xilligiga D)Tur individlarining o’zgaruvchanligiga 61.Ko’rinadigan nurlar yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining necha foizga yaqinini tashkil etadi? A)1% B)25% S)42% D)50% 62.Oziq zanjirining uchinchi zvenosini nima tashkil etadi? A)Yashil o’simliklar B)Avtotroflar S)Redusentlar D)Konsumentlar 63.O’zaro biologik bog’lanishlarning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi.Ushbu ta’rifga mos javobni aniqlang? A)Sinoykiya B)Neytralizm S)Mutualizm D)Kommensalizm 64.Geografik zonallik natijasida hosil bo’lgan biomlarga quyidagilarning qaysi birlari misol bo’ladi? 1)Tundra; 2)Tayga; 3)O’simliklar dunyosi; 4)Hayvonot dunyosi 5)O’rmon; 6)Cho’l; 7)Dasht; 8)Mikroorganizmlar; 9)Tropik o’rmonlar; 10)Lishaynikalr A)1,2,5,6,7,9 B)1,2,3,4,5,8 S)1,2,4,8,9,10 D)1,2,6,8,7,10 65.Quyida berilgan jarayonlardan suv so’rilishining kuchayishi mos berilgan javobni aniqlang?1)Qurg’oqchilikda barglarning to’kilishi; 2)Suvsiz joylardan suvli joylarga migratsiyalanish; 3)Ildizning uzunligi va chuqur joylashishi: 4)Hayvonlarni yer osti suvigacha yo’l ochishi; 5)Hayvonlarning uyalariga yshirinishi; 5)Keng yuza ildiz sistemasining mavjudligi. A)1,3,6 B)2,4,5 S)1,2,4 D)3,4,5 66.Uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni ta’minlovchi mexanizmlar rivojlanma-ganligini aniqlang? A)Tuyalar, sayg’oqlar B)Ko’lbuqa, sayg’oqlar S)Karkidon, bizonlar D)Tuyalar, zubrlar 67.Nima uchun ekinlarga ishlov berishning industrial texnologiyasidan foydalanish, yangi navlar va duragay o’simliklarni yaratishda genetik injeneriya va biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur? A)Agrotsenozlarning ijtimoiy samaradorligini yanada oshirish B)Biotsenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish S)Zoosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish D)Agrotsenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish 68.Hayvon va o’simliklar irsiy axborotini butunligicha, ularning urug’lari, sporalari, jinsiy hujayralari, tana hujayralarini muzlatish usuli bilan saqlashga nima deb ataladi? A)Genlar banki B)Biotsenotik genlar banki S)Genomlar banki D)Turlarning genofondi 69.Transpiratsiya atamasining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang? A)Bug’latish B)Suvni tejash S)Terlash D)Ajratish 70.Fotonastiya (yunoncha nastos-zichlashish) - o’simliklarning yorug’lik ta’sirida harakatlari, bunda ...? A)Harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga bog’liq emas B)Harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga to’liq bog’liq S)Harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga qisman bog’liq D)Harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga tasir etadi 71.Yomg’ir chuvalchangi, ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlarining o’xshash bo’lgan javobni aniqlang? A)Suv bug’lanishini kamaytiruvchi omillar mavjudligi B)Suvni zaxiralash xususiyati mavjudligi S)Suv yo ‘qotilishiga fiziologik chidamlilikning mavjudligi D)Suvsiz joylardan suvli joylarga migratsiyalanishining mavjudligi 72.O’zaro biologik bog’lanishlarning bir shakli bo’lib, bunda bir organizm ikkinchi organizmdan ovqat manbai sifatida foydalanadi. Ushbu ta’rif qaysi javobga xos? A)Konkurensiya B)Sinoykiya S)Mutualizm D)Kommensalizm Download 40.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling