Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi


Download 228.5 Kb.
bet12/21
Sana15.11.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1775037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Dars mavzusi Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanish

Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod , savol –javob, ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali, rangli rasmlar, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 5daq
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.5daq
III. Yangi mavzuning bayoni20 daq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.10daq
V. Darsni yakunlash.5 daq
I.Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta`minlash.Fasllar haqida kirish suhbati.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi:
Bir kunlik janjal
Qirq kunlik rizqni olar

208- mashqdagi qaratqich kelishigidagi otga mos otlar topib, birikma tekshiriladi.
O‘quvchining kitobi ,o‘quvchining daftari, o‘quvchining formasi……
Daraxtning ko‘zi, daraxtning butog‘i, daraxtning mevasi, daraxtning shoxi, daraxtning . O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Daraxtlar, odamlar, so‘zida qanday qo‘shimcha qo‘llanilgan:
a) –chi, - la, - li, - siz, - kor, - dosh
b) –ning, - ni, - ga, - dan, - da
d) –lar ko‘plik qo‘shimcha
2. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni toping.
Salima .. gullar.. suv quydi.
a) -ning
b) qo‘shimcha yo‘q, -ga
c) –ning, -dan
d) –ni,-ga.
3. Bu so‘z qaysi kelishikda? Kitobni.
A) bosh kelishik B) chiqish kelishik D) tushum kelishik
4. Qaratqich kelishik qo‘shimchasini toping.
A) –ning B) –ni D) –dak
5. Bosh kelishik so ‘rog‘ini toping?
A) Kimni? Nimani? B) Kim? Nima? D) Kimda? Nimada?
III. Yangi mavzu bayoni:
Darslikdagi 209- mashq matnni o‘qitiladi. Ajratilgan otlarga so‘roq berib, ular qaysi kelishikda qo‘llanganligi so‘raladi.
kanareykasini tomosha qilib, qafasni ushlagancha, qafasini olib chiqdi, matrapni oldi,
matrapni tashladi, qushni oldida.
Tushum kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Tushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish vazifasi beriladi.

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling