matrap — bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, to‘r.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
210- mashq o‘qitiladi.Tushum kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni aniqlanadi.
o‘tovlarni tikdik, bolalarni uchratdik, to‘shakni to‘shab , giyohlarni ko‘rsatdi, suratlarini olgani ,yon daftarimni.
Tushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma shaklida ko‘chirish vazifasi beriladi. Tushum kelishigi qo‘shimchasini tegishlicha belgilatiladi. Tushum kelishigi otni fe’lga bog‘laydi.
210-mashq matni ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar tushum kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlarni ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar tushum kelishigidagi otlar doim fe’lga bog‘lanishi haqida bilib oladilar.
Mashqqa xulosa qilib,o`quvchilarga tabiatni sevish uni asrab avaylash uqdiriladi.
|
211- mashqda berilgan fe’llarga mazmunan mos keladigan tushum kelishigidagi otni tanlab, birikma shaklida yozidiriladi.
Tushum kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi so‘z turkumiga bog‘laydi? Tushum kelishigidagi otlar gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
IV.Mustahkamlash.Ekranda chizma va ostida qo‘yish uchun so‘zlar beriladi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri tanlasi, so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bu mashq orqali qaratqich kelishigidagi otlar otga, tushum kelishigidagi otlar fe’llarga bog‘lanishiga oid bilimlar mustahkamlanadi. Berilgan chizmaga mos otlarni tanlab, birikma tuziladi.
V. Darsga yakun yasash va baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa. 212- mashq. Topishmoqlarni o‘qing, javobini toping.
Tushum kelishigidagi otlarni so‘roqlar yordamida aniqlang. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Tushum kelishigidagi otning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
Burni tog`larni surar.Chiroqlarni yoqadi.Dehqonlarni boy qilar.
__________O`IBDO`
Do'stlaringiz bilan baham: |