Dars mavzusi: Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar"asari matni bilan ishlash
Download 18.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 5458513858207429237
Savol-javob metodi.
1.Romandan tanlangan mazkur bob nega "Agra: yo hayot, yo mamot’’ deb nomlangan? Javob:Bobur o’zga yurtni bosib oldi. Endi u o’z kuchini , bilimini ishga solib xalqni bo’ysundirishi kerak. Ularning mehrini qozonsa, xalq qabul qiladi va u o’sha xalq bilan birga yashaydi. Aksincha, uni qabul qilmasa, bo’ysunmasa u yengiladi. 2.Bobda Boburga xos qanday xususiyatlarni kashf etdingiz? Javob:rahmdillik, soddalik, xalqparvarlik, millatsevarlik… 3.Bobur malika Baydani nima sababdan o’limga hukm qilmaydi? Javob:malika Boburning Hindiston ravnaqi uchun bundan keyingi ishlarini va muvaffaqiyatlarini ko’rib vijdoni azoblansin deb shunday qiladi. 4.Baydaning nabirasi Bahodir nega Boburni maqtadi? Javob: Bahodirni olib kelgan soqchilar uning so’zini eshitib qolishlari va Boburga uni sotib qo’ymasliklari uchun. 5.Nega Bobur o’lja olingan boyliklarni obodonchilik yo’lida sarflamoqchi bo’ladi? Javob:Andijonda amalga oshmagan orzularini Hindistonda amalga oshirmoqchi bo’ladi. "Parol"metodi. Ushbu metod badiiy asarlarda keltirilgan obrazlarning xarakter xususiyatlarini ochishda qo'llaniladi. Ularning xarakteriga aloqador so'z parol sifatida o'quvchilarga beriladi. Ular esa asar orqali ifodalangan faktlar asosida fikrlarini isbotlaydilar. Hurmat - Boburning Baydaga munosabati Bunyodkorlik- Boburning Hindistonni obodonlashtirish uchun qilgan ishlari Odamiylik- mavlono Fazliddinning La’l Chandga qilgan yaxshiligi Nafrat- Baydaning Boburga bo’lgan munosabati Sodiqlik- Tohir oftobachi Boburning so’nggi kunigacha u bilan qolgani Rahmdillik- Boburning Xoja Kalonga achinib, G’azniga ketishiga rozi bo’lgani. Uyga vazifa:"Yulduzli tunlar" romani asosida ishlangan Bobur videofilmidan Darveshgovning o’limga hukm qilinishi lavhasini tomosha qiling.Darveshgovning o’ldirilishiga rozilik bergan Bobur va malika Baydani o’limga hukm qilishdan bosh tortgan Boburni solishtirib esse yozing. Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling