Dars mavzusi: to`ldiruvchi va uning ifodalanishi


Download 80.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi80.51 Kb.
#1559280
Bog'liq
аниқловчи слайд

DARS MAVZUSI: ANIQLOVCHI VA UNING IFODALANISHI


DARS REJASI:
  • Aniqlovchi ta’rifi

  • 2. Aniqlovchining turlari va ifodalanishi
    3. Sodda va murakkab aniqlovchilar.

Gapning boshqa bo`laklari bilan bog`lanib, shaxs yoki predmetning belgisini bildiruvchi ikkinchi darajali bo`lak aniqlovchi deyiladi.
O`zidan keyingi bo`lakka bitishuv va moslashuv usulida tobelanib bog`lanadigan, predmetning qarashlilik, xususiyat, holat, o`rin, vaqt kabilarga nisbatan belgisini bildiruvchi ikkinchi darajali bo`lak aniqlovchi deb ataladi.
Aniqlovchi 3 xil bo`ladi:

Predmetning xususiyat, holat, o`rin, vaqt, maza-ta’m, rang-tus, hid, miqdoriga ko`ra belgisini bildiruvchi, qanday? qanaqa? qaysi? qancha? necha? nechta? nechanchi? qachongi? qayerdagi? so`roqlariga javob bo`ladigan bo`lak sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.

Sifatlovchi aniqlovchining ifodalanishi

  • Sifat: Achchiq savol berib, shirin javob kutma
  • Son: Ikkita baliq bir-biriga baqira ketdi.
  • Ot: Tosh yo`ldan yurishni ixtiyor qilishdi.
  • Olmosh: Bu kishi dadamning do’sti bo’ladi.
  • Ravish: Oz so`z – soz so`z.
  • Sifatdosh: A’lo o`qiydigan talabalar har joyda qadrlanadi.
  • O`tar dunyo uchun bunchalik g`am yemang, birodar

Qaratqich aniqlovchi

Qarashlilik ma’nosini bildiradigan, kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladigan ikkinchi darajali bo`lak qaratqich aniqlovchi hisoblanadi

Qaratqich aniqlovchining ifodalanishi

  • Ot: Bolaning baliqqa aylanish haqidagi fikri ro`yobga chiqarmikan?
  • Olmosh: Chamasi, bu sirdan hammaning xabari bor ekan.
  • Otlashgan so`zlar, ya’ni:
  • Sifat: Insofsizning vijdoni bo`lmaydi.
  • Son: O`nning yarmi besh bo`ladi
  • Ravish: Ko`pning qarg`ishi yomon, bolam.
  • Fe’l: Quruq vaysamoqning foydasi bormi, do`stim?
  • Izlaganning imkoni hamisha bor.

Undov so`z: Hozir oh-vohning o`rni emas. Taqlid so`z: Kaklik kakra-kukurining zavqi boshqacha-da! Modal so`z: O`zi yo`qning ko`zi yo`q. Ibora: Aravani quruq olib qochadiganlarning ishida unum bo`lmaydi.

Izohlovchi-aniqlovchi

Gapda biror bo`lakni izohlab keladigan, ko`pincha, kishilarning kasb-kori, unvon-amali, jinsi, laqabi, taxallusi kabilarga ishora qiluvchi belgi bildiruvchi otlar izohlovchi deyiladi

Izohlovchining ma’nolari

  • Kasb-kor: Shifokor Qobilov, o`qituvchi Hamroyev
  • Unvon-amal: General Qodirov, Berdiali rais
  • Jins: erkak o`qituvchi, ayol shifokor
  • Laqab: Juman pismiq, Yodgor echki.
  • Taxallus: Abdurauf Abdurahim o`g`li - Fitrat

Sodda va murakkab aniqlovchilar

  • Bir so`z bilan ifodalanadigan aniqlovchi sodda aniqlovchidir. Ulug` adib shu ma’noni ko`zlagan bo`lsa ne ajab. Sening fikring ma’qul.
  • Birdan ortiq so`zlar, asosan, kengaygan birikmalar, iboralar bilan ifodalangan aniqlovchi murakkab aniqlovchidir. M., Cho`lni bo`ston qiladigan inson bunyodkor insondir. Og`zing qani desa, burnini ko`rsatadiganlarning zamoni o`tdi.

Аniqlovchi yuzasidan test savollari

1. Qaysi gapda o'tgan zamon sifatdoshi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan?

1.Bo'ladigan savdoning tezroq bo'lgani yaxshi. 2.Bu ovoz hali mag'zi ilimagan dalalarga tegib aks-sado berayotgandek tuyulardi. 3.Qoradaryo hamisha to’lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo'lmagan.

A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 2 D) 1

Test namunalari

2. Uning nurlarida qishning poyonsiz oq ko'rpasi mayda oltin uchqunlatib, hammayoqni chuqur jimjitlik bilan o'rab yotardi.

Ushbu gapda nechta o'rinda aniqlovchi qo'llangan?

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta


Download 80.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling