Dars rejasi №1


Download 0.58 Mb.
bet4/4
Sana01.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1318694
1   2   3   4
Bog'liq
zilo naqqoshlikl

5
daqiqa

3. Yakuniy bosqich
(10-daqiqa)

1.aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi . mavzu bo’yicha o’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi , bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi .
2.Mashg’ulot davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholaydi.
3. Uy ishi Islimiy naqsh kompozitsiyasini tuzish



3
daqiqa

Savol- javobda ishtirok etadilar
Baholar bilan tanishadilar



DARSNING BORISHI:
O’qituvchi:
NAQQOSHLIK


Naqsh kompozitsiyasi ustida ishlash
Mazmuni: Naqqoshlik tarixi. Uning turlari. Naqsh unsurlari - barg, gul, shoxcha, geometrik shakllarni qayta ishlash asosida naqsh unsurlarini yaratish. Naqshlardan namunalar ko‘chirish. Ijodiy naqsh kompozitsiyasi ustida ishlash. Naqshda rang xususiyatlari.Topshiriq - Namunaviy naqsh kompozitsiyasidan nusxa ko‘chirish. Yoki, kvadrat va aylana ichiga naqsh kompozitsiyasi tuzish va tasvirlash.
Naqshlar, asosan, biron-bir buyumni idish-tovoqlami, kiyim- kechaklami, gazmol va gilamlami, bino, xiyobonlami va boshqa shu singari narsalarni bezatish maqsadida qoilahadi. Naqshlar oddiy va murakkab boiadi. Bir xil shaklning umuma oraliqda takrorlanishi yoki qaytarilishiga oddiy naqsh deyiladi.Takrorlanayotgan naqsh geometrik va o‘simlik elementlarining bir-biriga qo‘shib ishlatilishi natijasida kichiklashib yoki kattalashib borsa, bunday naqshni murakkab naqsh deyiladi. Talabalar naqsh namunalarida qo‘iianiladigan ba’zi atamalaming ma’nosini yaxshi bilib olishlari kerak. Madoxili (arabcha)- bir-biriga kirishib turuvchi demakdir. 0’zbekistonda naqqoshiik amaliy san’atining hamma turlarida juda ko‘p tarqalgan uslubdir. Asosan madoxili shakli lola gulini stilizatsiyalashtirib tasvirlashdan kelib chiqqan. Lekin xalq naqqoshlari gul bargini chiroyli ko‘rsatishga intilib, ulami madoxili shaklida tasvirlaydilar. Madoxili asosan uch yaproq shaklidan iboratdir.Islimi(arabcha) - yugumvchi demakdir.Islimi to‘g‘ri yoki egri chiziqli o‘simlik elementlaridan chiziladigan naqsh. Islimi naqqoshlikda keng tarqalgan uslub bo‘lib, faqat yo‘l ichiga ishlanadi. Islimi turdagi asosiy elementlar - novda, yaproq, gul, g‘uncha kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi. Girix (arabcha) - tuguncha demakdir. Bu geometrik shakllai'dan to‘g‘ri chiziqli elementlardan tuzilgan naqsh bo’lib, asosan me’morchilikda ganch, yog‘ochga o‘yib ishlanadi. Girixiar to‘rsimon va yulduzsimon bo’lib , yulduz nurlarining soni 5 tadan 16 tagacha boradi. . Xonliklar davrida xalq amaliy san'ati ustalari Xiva, Qo’qon, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarga yiqila boshladilar. Ko’pincha Farqona va Buxoro naqqoshlari Samarqandga, Qo’qon,Marqilon ustalari Toshkеntga kеlib ko’pgina binolarni bеzar edilar. Bu esa Naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishiga, o’ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda juda katta rol o’ynaydi. Lеkin bu naqshlar bir-biriga o’xshasada, har bir Naqqoshlik maktabi o’zining alohida kompozitsiyasi, ish uslubi, rang koloriti bilan ajralib turadi.
Toshkеnt Naqqoshlik maktabi. Toshkеnt naqshlari o’zining nafisligi va ranglarning bir-biriga asta-sеkin o’tishi, aniq bir koloritga qat'iy rioya qilinishi, gеomеtrik va o’simliksimon naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko’pincha yashil gammada ishlanadi. Islimiy naqshlarda oygul, paxta, bofta,uch barg, shukufta, bargli gul va boshqa elеmеntlar aniq stillashtirtlgan murakkab girix naqshlari ham kеng qo’llanilgan.
Mustahkamlash:
Mustahkamlash maqsadida turli xil o’yinlardan foydalaniladi. Bu texnologik o’yinlarni o’tkazish uchun guruhlar asosida olib boriladi .
Yakuniy qism.O`quvchilar baholanadi va e`lon qilinadi. Xato va kamchilliklar ko`rsatilib yakuniy yo`l-yo`riqlar beriladi.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling