Dars sanasi
O’quvchi:Olma dedi Olma mevasini ko’targan o’quvchi chiqib keladi
Download 0.73 Mb.
|
matematika 2 a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotuvchi qiz
- Xaridor
- Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
- 3-O’quvchi
- O’qituvchi
O’quvchi:Olma dedi Olma mevasini ko’targan o’quvchi chiqib keladi Chiroyda ham Ta’mu-totda ham Qayerimiz kam Bizni ulardan O’quvchi: Banan so’zga chiqdi Banan mevasini ko’targan o’quvchi chiqib keladi Do’stlar inoq bo’laylik Mevadirmiz hammamiz Tortishib ranjitmaylik Tog’a, xola, ammamiz. Uzoqlashib ketmaylik, Do’stlik ipini uzib Bozorni to’ldiraylik Birga ittifoq tuzib. Sotuvchi qiz: Keb qoling, ob qoling. Shirin shakar mevalardan. Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda. Xaridor: Mevalaringiz necha so’mdan. Sotuvchi qiz: 2-ta savolim bor javob bersangiz mevalarim sizga hadiya. Xaridor: Bilimimni bir sinab ko’ray. Bering savolingizni? Sotuvchi qiz: 1 ta olma, 1 ta banan, 2 ta anorning massasi birgalikda 1 kilogramm bo’lsa, nechta olma, banan , anorning massasi birgalikda 3 kilogramm bo’ladi. Xaridor: Tarozi pallasiga 3 ta olma, 3 ta banan va 6 ta anor qo’yish kerak. Sotuvchi qiz: To’g’ri javob berdingiz. 2- savolim. 3 ta meva nomini ingliz tilida ayting? Xaridor: Olma- epl , Banan- benena, Anor- pomegranat Sotuvchi qiz:Barakalla to’g’ri javob berdingiz. Mevalar sizga hadiya. Xaridor: Rahmat O’qituvchi: Barakalla bilimdon o’quvchilarim . Mamlakatimizda bog’dorchilikka, issiqxona va tomorqa madaniyatiga, tadbirkorlik va asalarichilikka keng imkoniyat yaratilgan. Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Kulrang g’ozlar uchdilar Ko’lmakchaga qo’ndilar U yon, bu yon qarashib Yana uchib ketdilar Bir, ikki, uch O’qituvchi:Barakalla darsimizni davom ettiramiz 4-topshiriq: Asalari satilchasini ko’tarib vizillab kirib keladi. Asalari:Aytingchi biz tirik organizmga kiramizmi yoki jonsiz tabiatga? 1-O’quvchi: tirik organizmga Asalari : Biz haqimizda yana nimalarni bilasiz? 2-O’quvchi: : Asalarilar juda noziktab bo’lishadi.Asalarilarning uyasiga yaqinlashganingizda kiyimingiz toza bo’lishi kerak. Yo’qsa, jahli chiqib chaqib olishi mumkin.
3-O’quvchi: Asalarilar quyoshni yaxshi ko’radi. 4-O’quvchi: Asalarilar uyasida 60 mingtagacha asalari yashaydi. 5-O’quvchi: “Oila”da 1 ta ona , 100 dan ortiq erkak va minglab ishchi asalarilar bo’ladi. 6-O’quvchi: Uy sharoitida bitta asalari oilasidan 15-20 kilogrammgacha asal olish mumkin. 7-O’quvchi: O’zbekiston asali ilk bor Xitoy bozoriga eksport qilindi. Asalari : Meni juda xursand qildingiz. O’qituvchi: Barakalla o’quvchilar. Asalari o’zi haqida yana ma’lumot aytmoqchi . Asalari: Juda tez uchaman, tezligim soatiga 60 kilometr. Gullarni juda yaxshi ko’raman. Hidini 1000 metrdan sezaman. Siz sevib istemol qildigan 1 qoshiq asalni 19 mingta guldan yig’aman. O’qituvchi: Asalari o’quvchilarga topshirig’im bor. Qani ular masalaning javobini topisharmikan. 4-topshiriq :Birinchi idishda 15 kg asal bor. Ikkinchi va uchinchi idishda 5 kg dan asal bo’lsa, uchta idishda jami necha kilogramm asal bor? O’quvchilar masala yechimini daftarda bajarishadi. 1-idishda-15 kg asal 2-3-idishda- 5 kgdan asal Uchta idishda-? kg asal Yechish : 15+5+5=25 (kg) asal Javobi: uchta idishda jami 25 kilogramm asal bor O’quvchi: yozgan javobini o’qiydi O’qituvchi: o’quvchilar rag’batlantiriladi. Asalari: sizdek bilimli o’quvchilar bilan tanishganimdan xursandman . Asal ming dardga davo. Ko’proq asal istemol qiling. Bahorda ko’rishguncha xayr. O’quvchilar : Xayr, xayr Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling