y oxud olamning ikki yarim kunlik sarfiga teng olmos haqida
Oriyatdan yaralgan millat
O'tmishda yashab o‘tgan buyuk shaxslar nimaga erishgan bo‘lsalar hammasiga qalblaridagi oliy tuyg‘u- milliy oriyatning kuchi tufayli erishgan. O'rta asrlardagi dunyoning 700 ta buyuk shaxsidan 500 tasi bobolarimiz bo‘lgani bizga katta sharaf va mas'uliyat yuklaydi. Chunki, ular yaratgan boy ma'naviy merosga voris bo‘lish bilan birga ularni ham yuksaltirgan milliy qadriyatlarga ham egamiz.
Xalq eposida oriyat masalasi
Ma'lumki, "Alpomish" dostoni o‘zida millatimizning qadimiy qadriyatlarini, milliy g‘ururini yuqori pardalarda kuylagan mukammal xalq eposi hisoblanadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, "Alpomish" dostoniga asos bo‘lgan eng ko‘hna xalq ertaklari va afsonalari bundan 2,5-3 ming yillar avvalgi zamonga borib taqalar ekan. Dostonni o‘qir ekansiz, milliy g‘ururdan qalbingiz nurga, bilagingiz kuchga to‘ladi. Yoki baxshiyona qilib aytadigan bo‘lsak, Vatan ori uchun suv kelsa simirib, tog‘ kelsa kemirib kurashishga chorlaydi. Dostonning syujeti xalqning boylaridan bo‘lmish aka-uka Boybo‘ri va Boysarining to‘yga borishi, u yerda esa aka-ukaga farzandlari bo‘lmagani uchun hech kim izzat-ikrom ko‘rsatmagani bilan bog‘liq voqeadan boshlanadi. Shunda aka-uka boylarning ori kelib:
Befarzandning yiqqan moli zoyadi,
Yaratganim bir tirnoqdan ayadi,
Shul sababdan xumor ko‘zim yoshlandi...
deya el-ulusni tark etdilar... Bu yerda xalq yetakchisining o‘z xalqi oldidagi mas'uliyati, xalqning el boshining o‘tib ketganidan keyingi taqdiri oriyat nuqtai nazaridan tasvirlanmoqda.
Aslida xalq yetakchilari bilan xalq orasidagi munosabatdagi oriyat milliy g‘ururni ifodalaydigan asosiy vositadir. Butun syujet mana shu voqeaga asoslanadi. Bundan kelib chiqadiki, "Alpomish" dostoni oriyat asosiga qurilgan asar. Qolaversa, asardagi bir necha o‘nlab holatlarda, jumladan, Boysarining Chambilbelga ketib qolishi, Alpomish Barchinning orqasidan borishi, Barchin Alpomishni hamma qatori musobaqada ishtirok etishini talab qilishi, Alpomish zindonda yotganida Qorajonni qutqarishga rozi bo‘lmasligi, hatto Yodgor onasining to‘yiga qarshi chiqishida ham oriyat bosh mavzuga aylanadi.
|