dars: soat juftlik An`anaviy ertak va afsona


Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish mumkin


Download 168 Kb.
bet7/13
Sana09.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1466697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4-dars. Ananaviy ertak va afsona

Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish mumkin:
1. Rivoyatlar afsonalardan farqli ravishda bevosita hayotda boʻlishi mumkin boʻlgan voqealarga asoslanadi.
2. Ular mavzu jihatdan turlarga boʻlingan holda yo biron tarixiy shaxs hayotidagi ibratli voqeani bayon etadi, yo geografik oʻrin-joyning nomini izohlaydi.
3. Rivoyatlarda badiiy tasvirdan koʻra roʻy bergan voqeani qisqa va ixcham, sodda va ravon tarzda bayon qilishga koʻproq eʼtibor beriladi. Aslini olganda, aynan shu fazilatlar rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi.

Afsonalar badiiy ijodning dastlabki namunasi sifatida odam qalbida ishonch tuygʻusini hosil qilishga, har bir insonning oʻz qobiliyati, harakati natijasida baxtini topishi mumkinligiga umid paydo boʻlishiga xizmat qilgan. Masalan, qadimdan taqdir tushunchasi odamlarning ongida mavjud boʻlgan. Har bir koʻngilsiz mushkulotni odam taqdir, deb qabul qilgan. Ammo shunday afsonalar borki, ularda inson taqdiri uning oʻz qoʻlida ekani taʼkidlanadi. Yaʼni inson xatti-harakati, niyati, ayniqsa, keskin qarori bilan qismatida oʻzgarish yasashi mumkinligi uqtiriladi.
Muso kunlardan bir kun Tangri oldiga ketayotganida, yoʻlda oyoq-qoʻli yoʻq majruh bir odamni koʻribdi. Odam undan oʻzining taqdiriga jannat yoki doʻzax yozilganini bilib berishni soʻrabdi. Tangri paygʻambarga: “U odamning oxirgi joyi doʻzax boʻladi. Chunki umr boʻyi uni yemak-ichmakka muhtoj qilmadim, ammo biron marta “Xudoga shukr” demadi”, - debdi. Muso paygʻambar qaytishida haligi odam undan javob kutibdi. Paygʻambar bor gapni aytibdi. Shunda odam: “Boʻmasa Xudoga ayt, men oʻlganimda, tanamni shunaqa katta qilib yuborsinki, boshqa hech kimga doʻzaxdan joy qolmasin”, - debdi. Ana shu gapdan keyin bechora banda jannati boʻlgan ekan”.
Maʼlum boʻladiki, taqdir taqdir bilan, ammo inson muayyan vaziyatdagi oʻzining noanʼanaviy qarori yoki harakati bilan katta baxtga erishishi ham mumkin boʻladi.
Yana bir tur afsonalar toponimik mavzularga bagʻishlangan boʻladi. “Nurota”, “Hazorasp”, “Oʻsh”, “Baliqchi qishlogʻi”, “Obshir ota” kabi oʻnlab afsonalarda shahar, qishloq yoki yana boshqa geografik joylarning nomlari izohi beriladi. Toponimik afsonalarning oʻzi ham mavzuga koʻra turlarga ajraladi. Hatto faqat suvli joylarga bagʻishlangan namunalarni oqar suvlar, buloqlar tizimi bilan tasnif qilish mumkin. Chunki oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidagi afsonalar mavzu va ifodalangan gʻoya jihatdan xilma-xil va rang-barangdir. Masalan, Hazorasp haqida juda qadimdan shunday bir afsona yetib kelgan:
Qadimda bu shahar oʻrnini qalin saksovulzor egallagan boʻlib, bu yerda beshta buloq bor ekan. Sehrli qanotli otlar galasi uchib kelib, shu buloqdan suv icharkan. Sulaymon ismli bir kishi ularni qoʻlga oʻrgatmoqchi boʻlibdi. Buning uchun u bir sehrgarning maslahati bilan buloq suviga may aralashtiribdi. Shundan keyin mingga yaqin afsonaviy ot uchib kelib, buloq suvidan ichib, mast boʻlib qolishibdi. Parvoz qila olmay qolgan otlarni Sulaymon qoʻlga tushirib, qanotlarini qirqib tashlabdi. Natijada, bu otlar qanotidan ayrilib, yerda yuradigan hayvon boʻlib qolishibdi. Shundan soʻng ot nasli odamning yaqin doʻsti va xizmatkoriga aylanib qolgan ekan.

Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling