4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim. 5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor. 6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim. 7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak. 8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish. 9.Darsda prezidentimizning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar: - Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish;
- Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish;
- Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;
- Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
- Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi? Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi? Ular quyidagilarga ajratiladi. 1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish. 2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish. 3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish. Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan - aralash darslar;
- yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki umumlashtirishlarni anglab etish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
- bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
- o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
- malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
- bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
- o‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |