Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq.. Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. DARS TIPLARI VA DARSGA QO’YILADIGAN TALABLAR Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda
olib borilishi kerak.
- Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi
- Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
DARS TIPLARI VA DARSGA QO’YILADIGAN TALABLAR Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat? Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi: 1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi. 2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim. 3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |