Mavzu: Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishning bir necha usullarini qo`llash
Download 322.67 Kb.
|
2 5377621610930898265
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu mavzuni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari lozim. 1.Bilimlar.
- 2.Ko`nikmalar.
- Tashkiliy qism.(5 minut)
- a= a-8, b= a+8 S2=(a-8)(a+8)=a2-82=S1- 64 javob: avvalgisidan 64 sm2 ga kamayadi. S1=a2 S2=ab
- Yangi mavzuni mustaxkamlash (15 minut)
- Uy vazifasi berish.(1 minut)
TOSHKENT VILOYAT YANGIYO’L TUMANI 6-MAKTABNING MATEMATIKA O`QITUVCHISI BOBOMURODOVA XADICHANING BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI. MAVZU: Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishning bir necha usullarini qo`llash.Darsning maqsadi.
1.Umumiy ko`paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish. 2.Ko`phadni qisqa ko`paytirish formulalari bo`yicha ko`paytuvchilarga ajratish. 3.Agar oldingi usullar maqsadga olib kelmasa guruhlash usulini qo`llash. 4.Kublar yig`indisi va kublar ayirmasi formulasini B) Tarbiyaviy: 1.O`rganilgan formulalarni xayotda iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish. 2.Hayotiy muammolarni yecha bilishlariga ishonchlarini orttirish. 3.Mavzuni boshqa fanlar bilan bog`liq tomonlarini ko`rsatish. 4.Buma`lumotlar orqali o`quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash C) Rivojlantiruvchi: 1.O`quvchilarda qiziquvchanlik, epchillik, ziyraklik,chaqqonlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 2.Diqqatni to`plashni rivojlantirish. 3.O`quvchilar “ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishning bir necha usullarini qo`llash” mavzusiga oid misollarni mustaqil ishlay olishlarini rivojlantirish. Darsning jihozi: Xona birliklari,darslik, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar,kompyuter, proiktor, katta monitor. Bu mavzuni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari lozim. 1.Bilimlar. - Umumiy ko`paytuvchilarni ajrata olishni,
- Guruhlash usulini qo`llashni, - kublar yig`indisi va ayirmasi formulalarini yoddan bilishlari. 2.Ko`nikmalar. - Misollarni mazmuniga xos ravishda ko`paytuvchilarga ajrata olish, - Berilgan mashqlarni mustaqil ishlay olishlari.
Nazariy, amaliy,aralash,musobaqa va boshqa usullar. 2.darsda ishlatilgan metod va texnologiyalar: aqliy hujum, kim qayerda o`yin metodi, qatorlarda dars o`tish texnologiyasi. DARSNING BORISHI. Dars matematika xonasida olib boriladi, o`qituvchi tomonidan barcha misol va masalalar kompyuterga oldindan kiritilgan va slayd ko`rinishida darsga moslab qo`yilgan bo`ladi va qatorlarda dars o`tiladi. Tashkiliy qism.(5 minut)
Uy vazifasini so`rash: (5 minut)
1 savol. Kvadratlar ayirmasi formulasini kartochkaga yozing. 2 savol. Qisqa ko`paytirish formulalarini bir nechtasini kartichkaga yozing. ( o`quvchilar bu ikki savolga 1-minutda javob yozib, 2-minutda qatorlaridagi birinchi partaga uzatishadi kartochkalar orqasida o`quvchilarning ismi familiyasi yozilgan bo`ladi kartochkalarni qator boshidagi 3 o`quvchi o`qtuvchiga berishadi.)
400-masala: Kvadratning ikki qarama qarshi tomonining har biri 8 sm ga uzaytirildi , qolgan ikki tomoni esa shuncha qisqartirildi shaklning yuzi qanday o`zgaradi ? a= a-8, b= a+8 S2=(a-8)(a+8)=a2-82=S1- 64 javob: avvalgisidan 64 sm2 ga kamayadi. S1=a2 S2=ab Javob: 401-mashq. Hisoblang. Yangi mavzu bayoni: (15 minut) Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishda ba`zan bir emas, balki bir necha usullardan qo`llaniladi: misollar keltiramiz. 1)a3-a ko`phadni ko`paytuvchilarga ajrating. a3-a = a(a2 - 1)=a(a-1)(a+1). Bu yerda ikkita usuldan foydalanilgan: umumiy ko`paytuvchilarni qavsdan tashqariga chiqarish va kvadratlar ayirmasi formulasini qo`llash. 2) ko`phadni ko`paytuvchilarga ajrating. bu yerda qo`shiluvchilar umumiy ko`paytuvchiga ega emasligi sababli, avval kvadratlar ayirmasi formulasidan foydalanildi so`ngra yig`indi va ayirma kvadratlarining formulalaridan foydalanildi. Birhadlar umumiy ko`paytuvchiga ega bo`lmagani va biror formulani qo`llash mumkin bo`lmagani uchun avval guruhlash usulidan foydalanildi. So`ngra esa kvadratlar ayirmasi formulasi qo`llanildi. Ko`rib chiqilgan bu misollar ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishga doir topshiriqlarni bajarishda quyidagi tartibga rioya qilish foydali ekanligini ko`rsatadi:
Tenglikning to`g`riligini isbot qiling. (bu vazifani o`quvchilar mustaqil ishlaydilar 2 minut vaqt beriladi.) Tenglikning o`ng tomoni chap tomoniga tengligi kelib chiqdi, ya`ni tenglik isbot qilindi. Shuning bilan yangi mavzu tushuntirib bo`linadi va quyidagicha savollar bilan o`quvchilarga murojat etiladi.
1-o`yin “kim qayerda” metodidan foydalanib o`ynaladi. (5 minut) Xar qatordan 2 tadan 6ta o`quvchi doskaga chiqadi ular teskari qarab turadilar orqalariga
Ifodalar aloxida (A4formatdagi) qog`ozga yozilib ilib chiqiladi va o`tirganlar ularni joylarini formula bo`yicha to`g`irlab turishlariga yordam berishlari kerak shunda kim qayerda turishini natijasida kublar yig`indisi formulasi chiqishi kerak. 1)Ikki odamni o`rnini shunday almashtiringki natijada kublar ayirmasi formulasi chiqishi kerak. 2-o`yin test savollari (5 minut) monitorda testlar chiqadi. Savol :ko`phadni ko`paytuvchilarga ajrating? 1.(36-x2) a)(36+x)(36-x) b)(6-x)(6+x) c)(6+x2)(6-x2) d)36-2x2+x4 2.(a+2b)2-9a2 a)(4a+2b-5a2) b)2(b-a)(2a+b) c)(a+2b-3a2) d)a2-4ab+4b2-9a2 3. 64y2-36x2 a)(8y-6x)(8y+6x) b) (64y-36x)(64y+36x) c) (8y+6x)(6x+8y) d) (8y+6x)2 4) a)
c) d) 5) 100-60a+9a2 a) (10-3a)2 b) 5(20-30a)+9a2 c) 10-3(60a-3a2) d) 10-3a(20-3a) Uy vazifasi berish.(1 minut) Darslikdagi 408-409-410 mashqlar uyga ishlab kilishga. Dars yakuni va o`quvchilarni baholash (4 minut) Faol o`quvchilarni baholash, hamma o`quvchilarni uy ishlariga baho qo`yib kundaliklarga qo`l qo`yish jarayonlari bajariladi. Download 322.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling