Dars turi: Aralash. Dars metodi: guruhga bo’lish,aqliy hujum Dars jihozi


Download 110 Kb.
bet1/10
Sana09.01.2022
Hajmi110 Kb.
#257412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-синфларда дарс ишланмалари


3 – SINF.

Mavzu: Sonni ko’paytmaga bo’lish.

Maqsad: a) Sonni ko’paytmaga bo’lish malakalarini

shakllantirish;

b) O’quvchilarning fikrlash, ijodkorlik kabi

qobiliyatlarini o’stirish;



Dars turi: Aralash.

Dars metodi: guruhga bo’lish,aqliy hujum

Dars jihozi: mavzuga doir ko’rgazmalar

Darsning borishi:

Sinfdagi partalarni guruh – guruh bo’lib o’tirishga mos qilib joylashtiriladi. O’quvchilarga gullarning rasmlari yoki ularning nomlari yozilgan kartachkalarni olish tavsiya etiladi. Har bir o’quvchi kartochkaga qarab o’zi uchun ajratilgan guruhga borib joylashadi.

Darsning boshlanishida guruhlarda ishlash, ya’ni interfaol dars qoidasi o’quvchilarga o’qitib takrorlanadi.

O’qituvchi aqliy hujum o’tkazadi:

Avtobusda 24 nafar yo’lovchi 2 ta 2 kishilik o’rindiqlarida o’tirishibdi. Shu yo’lovchilardan 3 qator o’rindiqlarda yoshi kattalar, qolganlarida esa o’rta yoshli yo’lovchilar o’tirishibdi. Necha qator o’rindiqda o’rta yoshli yo’lovchilar o’tiribdilar?

O’qituvchi o’rtaga savol tashlaganidan so’ng ulardan oxirgi javobni (ya’ni topilgan sonni) aytishlarini so’raydi va sinf taxtasiga javob variantlarini yozib boradi. 5 – 6 ta javob topilgach, 2 ta o’quvchi o’z javobini isbotlashni so’raydi. Masalaning tarbiyaviy tomonini o’qituvchi o’quvchilarning o’zlaridan so’raydi.

O’quvchi;ar javoblari tinglab bo’lingach, o’qituvchi bugungi darsning yangi mavzusi bilan tanishtirib, ularga ko’rgazma asosida tushuncha beradi.

Darslikda berilgan misol o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida guruhlarga ajratib beriladi. Sinf taxtasida 4 nafar o’quvchi topshiriqni bajaradi. Guruhlarga ijodiy topshiriq beriladi. Bunda har bir guruh o’zlari tnlab olgan gul ishtirokida rasm chizib, masala tuzishadi. Insonning ichki go’zalliklarini ifoda etuvchi sehrli so’zlar ishlatilishiga e’tibor beriladi. Darslikdagi ko’rgazmaga asoslanadi va bog’lanadi.

Guruhdagi albatta gulni asrashning tarbiyaviy tomoni ham so’raladi. (Javoblarga qarab fishkalar beriladi. Dars jarayonida baholash fishkalar asosida olib boriladi).

Har bir guruh vakili sinf taxtasi oldiga chiqarib berilgan topshiriq javobini tushuntirib beriladi.

O’qituvchi dars yakunida o’quvchilarning juda chiroyli rasm chizishgani va mazmunli masala tuzishganini aytib, darslikdagi masalalardan birini og’zaki ishlatadi. Keyingi masalani guruhlarga topshiriq sifatida beradi. Javoblar eshitiladi, daftarga yoziladi (Qisqa shart tuziladi).

Yangi mavzu juda yaxshi o’zlashtiriladi, masalalar ham yechiladi. Endi o’tilgan dars qay darajada o’zlashtirilgani aniqlash maqsadida berilgan misol musobaqa (guruhlar orasida) tarzida yechiladi. (O’qituvchi oldindan T – 4 qog’ozlariga misollarni javobsiz yozib qo’yadi, bolalar faqat javoblarini yozadilar). Javoblar sinf taxtasiga yopishtirib o’qitiladi va baholanadi.



  • Bugun darsimiz juda qiziqarli o’tyapti. Biz topshiriqlarni doira shaklida guruhlarga ajratib, bajaryapmiz. Doira haqida so’z ochganimiz ham o’rinli bo’ladi. Darslikdagi topshiriqqa e’tiborni qaratib, uni bajarishga harakat qilamiz. (Bajariladi). Keyingi masala va misol uyga vazifa.

Oldingi darsda berilgan topshiriqni bajarishda kim, qanday qiyinchiliklarga uchradi? Men javoblar olingandan so’ng, daftaringizni yig’ib, uy vazifalarini baholayman, - deb tugallaydi.

O’qituvchi darsga yakun yasashda quyidagi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qiladi:



  • Dars davomida siz o’zingizni qanday his qildingiz?

  • Guruh bo’lib ishlaganda sizga nima ko’proq yoqdi?

  • Vazifalarni bajarishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

  • Bugungi darsda siz nimani o’rganib oldingiz?

O’qituvchi javoblarni olib bo’lgach, o’quvchilardagi fishkalarga asoslanib baholaydi va darsga yakun yasaydi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling