III.Darslik bilan ishlash (8 daqiqa).
O’quvchilarga darslikdagi masalani yechish topshiriladi. Har guruhga qog’ozlar va markerlar tarqatilgan bo’lib, ularga quyidagi topshiriq beriladi:
“Shu masala asosida rasm chizing va yechimni tushuntiring”.
To’rtta guruh masala shartini olganlaridan so’ng vaqt chegaralanadi va ballar haqida tushuncha beriladi.
4 xil rangdagi doirachalar tayyorlab qo’yadi (10 tadan: qizil – 5 ball; ko’k – 4 ball; sariq – 3 ball; qora – 2 ball).
Hay’at a’zolari tomonidan taqdimot o’tkazilib, ballar qo’yiladi. O’quvchilar qarsaklar yordamida olqishlab turadilar. Masala daftarga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |