Dars tiplari. Yakuniy darsning maqsadi va ahamiyati


Download 91,17 Kb.
bet10/18
Sana08.01.2022
Hajmi91,17 Kb.
#241878
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
DARS TIPLARI

3. Aralash dars

Mavjud maktab amaliyotida eng keng tarqalgan dars tipi bu aralash (kombinatsiyalashgan) dars tipidir. Mazkur darsda turli xil didaktik vazifalar hal qilinishini inobatga olib "aralash" (kombinatsiyalashgan) deb nomlanadi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o‘rganish, o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o‘rganilganlarni suhbat ko‘rinishida takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.

Aralash dars tipi quyidagi bosqichlardan iboratdir:

Tashkiliy bosqich. Didaktik vazifasi — o‘quvchilarni darsga tayyorlash. O‘tilganlarni takrorlash bosqichi. Didaktik vazifasi — tekshirish.

Aktiv o‘quv bilish faoliyatiga tayyorlash bosqichi. Didaktik vazifasi — o‘quvchilarni bilish faoliyatiga tayyorlash.

Yangi bilimlarni o‘zlashtirish bosqichi. Didaktik vazifasi — o‘quvchilarda hodisa, jarayon, tushunchalar to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish.

O‘quvchilarni yangi materialni tushunganligini tekshirish bosqichi.

Bilimlarni mustahkamlash bosqichi. Didaktik vazifasi — bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish.

Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bosqichi.

Bilimlarni nazorat qilish bosqichi.

Uy vazifasi haqida axborot berish bosqichi.

Bosqichlar dars tiplariga qarab o‘zgarishi mumkin.




Download 91,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling