Dars tiplari. Yakuniy darsning maqsadi va ahamiyati


Joriy, oraliq, yakuniy nazoratga tayyorgarlik


Download 91.17 Kb.
bet6/18
Sana08.01.2022
Hajmi91.17 Kb.
#241878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DARS TIPLARI

Joriy, oraliq, yakuniy nazoratga tayyorgarlik. Ta’lim sohasida erishilgan yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.

Har bir fan bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash muntazam ravishda olib boriladi.



Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabalarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.

Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.

Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og’zaki, test shaklida o‘tkaziladi.

Nazorat ishlariga mustaqil tayyorlanish talabalar uchun muhim hisoblanib, ular muayyan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha internet materiallari, xorijiy adabiyotlardan foydalanishlari natijasida o‘rganilayotgan mavzu, bo‘lim, kurs bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga erishadilar.



Referat ( lot. refere —axborot berish) - yangi ma’lumotlar va axborotlar olish maqsadida ilk manba matnini mustaqil o‘zgartirish hamda ijodiy anglash mahsuli hisoblanadi.

Referat turlari:

- referat-konspekt, ma’lum mavzu bo‘yicha faktik materialni bayon etish;

- referat-rezyume, aynan bir mavzuning asosiy tushunchalarini ifodalash;

- referat-obzor, ma’lum masala yuzasidan turli manbalar asosida har xil nuqtai nazarlarni taqqoslab ifodalash ;

- referat-doklad, muammoni obyektiv baholash

- referat-fragment, ilk manba mazmunini o‘zida aks ettiruvchi biron bir qism, bo‘lim yoki fragment(bo‘lak) ajratilib ifodalanadi

Referatni bajarish tartibi:

1) mavzuni tanlash

2)mavzu mazmunini o‘zida aks ettirgan manbalarni aniqlash;

3) manbalardan ajratib olingan materiallarni o‘rganish, tizimlashtirish va qayta ishlash;

4) rejani tuzish;

5) referatni yozish:

-tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;

- referat tayyorlanayotgan matn (nomlanishi, qaerda va qachon chop etilgan) hamda avtori (F.I.O, mutaxassisligi, ilmiy darajasi va unvoni) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;

-tanlangan mavzu muammosini shaklantirish;

-tanlangan mavzudagi asosiy tezislar va ularni asoslovchi g’oyalar mazmunini keltirish;

-referat maqsadidan kelib chiqgan holda rejalarda belgilangan muammolar bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish.

Referatni bajarish quyidagi natijalarga erishiladi :

-talabalar axborotlarni qabul qilish, tahlil etish, umumlashtirish hamda tizimlashtirish orqali ma’lum maqsadlarni qo‘yib, uning echimini izlash yo‘llarini tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

- yozma hamda og’zaki nutqlarini mantiqiy to‘g’ri, asoslangan holda aniq bayon etish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.


Download 91.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling