Dars tiplari. Yakuniy darsning maqsadi va ahamiyati
Download 91.17 Kb.
|
DARS TIPLARI
Kurs ishlari. Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ishi bo‘lib, o‘quv rejasining maxsus va ixtisoslik fanlari bo‘yicha olingan amaliy ko‘nikma va tadqiqot natijalarini tanlangan mavzu doirasida aks ettirishi hisoblanadi. Kurs ishini yozishda talaba quyidagilarni ko‘rsatishi kerak: adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalari, normativ-huquqiy va mavzu doirasidagi manbalarni tahlil qila olish va ongli xulosalar chiqara olish. Kurs ishini bajarilishini nazorat qilish, kurs ishi himoyasini ko‘rib chiqish va tashkil etish kafedra zimmasiga yuklatiladi. Talabalarga ilmiy maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun kafedra ilmiy rahbar ajratadi, u kurs ishining tayyorlik darajasini belgilaydi.Tanlangan mavzu ustida ishlash talabadan tadqiqot metodologiyasi, ijodiy fikrlash, bahslashish va taqdimot mantiqi, muammoga shaxsiy munosabat, mehnatsevarlik va professionallik asoslarini bilishi talab etadi. Kurs ishini yozish jarayoni bir qator o‘zaro bog‘liq bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Mavzu tanlash va ish rejasini ishlab chiqish. Adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish. Tanlangan mavzu bo‘yicha materiallarni ishlab chiqilgan rejaga muvofiq to‘plash va tahlil qilish. Asosiy nazariy qoidalar, amaliy xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish. Kurs ishini rasmiylashtirish. Ilmiy rahbar tomonidan taqriz berish. Kurs ishini himoya qilish. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-, 3-va 4-kurs talabalari psixologik fanlaridan kurs ishlarini bajarish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi – oliy o‘quv yurti bakalavriatida talabalarni o‘qitishnining yakuniy bosqichidir. Bitiruv malakaviy ishida talabaning oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida to‘plagan barcha nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, uning olgan bilimlari va ko‘nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo‘llay olishi namoyon bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, talabaning o‘qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo‘llashga imkon beradi. Bitiruv malakaviy ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi qo‘yilishi muhimdir. Bitiruv malakaviy ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni chuqur tadqiq etish va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish talabaning muammoni mustaqil ko‘ra bilishi va hal eta olishga qodirligini ko‘rsatadi. Bitiruv malakaviy ishining sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil ishga ijodiy yondoshish ko‘nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi, sifat va undan ko‘rib chiqilgan masalalarning qanday darajada o‘zlashtirilganligiga ko‘ra Davlat Attestatsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishi muallifiga tegishli ixtisoslikni berish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida talabalar quyidagilarga e’tibor berishi lozim: - voqelikni o‘rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar bo‘lish; - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyati va mazmunini chuqur anglash, davlatning ta’lim siyosati tamoyillari bilan yaqindan tanishish; - ta’lim va tarbiya borasida qabul qilingan Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish; - ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o‘rganilayotgan masalaning mohiyatini chuqur anglab etish; - mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish; - aniq bir muassasa misolida mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlash; - ishda ilmiy-tadqiqot muassasalari tavsiyalari, ilg‘or tajribalar, mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish; - ishning ilmiy saviyasi yuqori bo‘lishiga, mavzuning yetarlicha dolzarbligiga e’tibor berish; - o‘rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda ko‘chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; - boblar va bo‘limlarning mantiqan bog‘lanishiga e’tibor berish, fikrlarni qisqacha bayon etish orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; - masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o‘z o‘rnida ishning mazmunidan kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar bera olish; - tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va samaradorligini baholash mezonlari bo‘lishiga e’tibor berish, ishning faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; - ishda ko‘rgazmali vositalardan, ya’ni jadvallar, chizmalar, diagrammalar va grafiklardan unumli foydalanish; - mavzu ustida maqsadga yo‘naltirilgan va tizimga solingan ish olib borish, bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlariga qat’iy rioya etish. Bitiruv malakaviy ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va sifati uchun talabalar ma’sul hisoblanadilar. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida malakaviy va pedagogik amaliyotlar joy olgan.
Download 91.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling