Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik. Amaliy mashg’ulotlar - maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, tahsil oluvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli. Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik o‘zida mustaqil faoliyatning: amaliy mashg’ulotni o‘tkazishning maqsad va vazifalari haqida aniq tassavurga ega bo‘lish, aqliy, tahliliy, ilmiy faoliyat ko‘nikmalarini ajratish kabi elementlarini qamrab oladi.
Amaliy mashg’ulotga tayyorlanishda talabalar uyda ilmiy hamda o‘quv adabiyotlardan foydalangan holda, mashg’ulot uchun mavzuga oid 3-4 ta tadqiqot vazifalarini belgilab olishlari zarur. Bu o‘z navbatida amaliy mashg’ulotda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni aniq ketma-ketlikda bajarish va maqsadga erishish imkoniyatini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |