Dars tiplari. Yakuniy darsning maqsadi va ahamiyati


Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darsi


Download 91.17 Kb.
bet14/18
Sana08.01.2022
Hajmi91.17 Kb.
#241878
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
DARS TIPLARI

7. Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darsi

Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

Bunday darslar quyidagi shaklda bo'lishi mumkin:

♦ og'zaki so'roq qilish (frontal, individual, guruhiy);

♦ yozma so'rovnoma;

♦ diktantlar;

♦ bayon;

muammolarni hal qilish;

♦ sinov ishi;

mustaqil nazorat ishi;

♦ imtihon.

Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o‘quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.




Download 91.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling