O'qituvchining psixologiya darslariga tayyorlanishi quyidagilardan iborat:
1) darsda foydalanish uchun ma'lumot materialini tanlash;
2) o‘quvchi-talabalar o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilimlarni tashkil etuvchi asosiy faktlar, hodisalar, tushunchalar, qonuniyatlarni yoritish;
3) ushbu bilimlarni tushuntirish usullarini tanlash;
4) tushunchalar va qonuniyatlar uchun misollar va rasmlarni tanlash;
5) bilimlarni o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy faoliyat turlarini ishlab chiqish;
6) o'quvchilarning faoliyat turlarini rivojlantirish;
7) sinf va mustaqil ish uchun topshiriqlarni taqsimlash.
Psixologiya darsiga tayyorgarlik ko'rishning eng muhim vazifasi o'rganish predmeti bo'lgan bilimlarni tanlash va shakllantirishdir:
1) psixik hodisalar;
2) tushunchalar;
3) psixik hodisalarning aloqadorlik qonuniyati;
4) psixologik faktlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |