Dars, uning turlari va tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxnoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 844 buyuk davlatni barpo etayotgan Vatanimiz O’zbekiston Respublikasi uchun alohida bir shior bo’lib xizmat qiladi [5-8]. Keng pedagogik ma’nodagi tarbiya ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, jamiyat tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o’qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi, turli xildagi o’quv mashg’ulotlari, maxsus o’tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik olimlar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. bu fikr esa, ancha tor tushuncha hisoblanadi. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham muhtojdir. Hozirgi kunda esa ba’zi yigit - qizlarimiz, shuningdek yoshi kattalar ham odob - axloq qoidalariga zid ishlarni ham amalga oshirayotganini ko’rishimiz mumkin 1 . Demak, pedagogika insonni go’dakligidan boshlab to umrining oxirigacha kerak bo’ladi. Shu bilan birgalikda, turmush odobiga o’rgatuvchi va shu narsalarni tahlil va tadqiq etuvchi fan desak ham bo’ladi 2 . Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o’rganish bo’yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi [9]. 1. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg’onish davri madaniyatining ta’siri ostida vujudga kelish faoliyatini o’rganish. 2.Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi. O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini chuqur egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi vazifalarini o’rganish. 3.Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars xususiyatlarini o’rganish. 4.Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan , Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo’yicha darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf - dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta’limni tashkil qilishning birdan - bir shakli deb e’tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo’lmadi. Ularda oktabr to’ntarilishiga qadar o’rta asr maktablariga 1 G’oziyev E. “Umumiy psixologiya“ T - 2002. 2 G’oziyev E. “Pedagogik texnologiya masalalari“ “Xalq ta’limi “ T - 1999. 6- son. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling